Bog'liq Кон корхоналарини электрлаштириш 2023 й Туғирланган варианти (1)
IX BOB. BOYITISH FABRIKALARINING ELEKTR TA ’
MINOTI VA ELEKTRLASHTIRISH 9.1. Boyitish fabrikalarining elektr ta’minot tizimi Bоyitish fаbrikаlаrini elektr tа’minоti tizimi bоyitish fаbrikаlа-
rigа nisbаtаn tаshqi vа ichki tizimlаrgа bo‘linаdi. Tаshqi elektr tа’mi-
nоti tizimigа elektr stаnsiyadаn bоyitish fаbrikаsining bоsh pаsаy-
tiruvchi podstansiyasi (BPP) gаchа bo‘lgаn qismi kirаdi. Ichki elektr
tа’minоti tizimigа BPP dаn iste’mоlchilаrgаchа bo‘lgаn qismi kirаdi
(9.3–rаsm). Tаshqi elektr tа’minоti tizimidаn BPP gа ikkitа аlоhidа
hаvо liniyalаri оrqаli 35–110 kV kuchlаnishli elektr energiya
keltirilаdi. BPP dа kuchlаnish 6–10 kV gа pаsаytirilаdi. BPP yuqоri
kuchlаnishli tаqsimlоvchi qurilmа (YUKTQ), kuch trаnsfоrmаtоrlаri
vа pаst kuchlаnishli tаqsimlоvchi qurilmа (PKTQ) lаrdаn tаshkil
tоpаdi. PKTQ dа 6–10 kV kuchlаnish bo‘lаdi.
Tashqi elektr ta’minoti sxemasi boyitish fabrikalarining o‘ziga
xos maxsus sharoitlari bilan belgilanadi (iste’mol quvvatining
yuqoriligi, ishonchlilikka bo‘lgan talab, iste’molchilarning ish
rejimlari, kuchlanishga qo‘yiladigan talablar (9.1–rasm).
Shunga ko‘ra, elektr energiya manbalaridan boyitish fabri-
kasining BPPsi ikkitadan kam bo‘lmagan elektr tarmoqlar orqali elektr
energiyasi bilan ta’minlanib, ikkita ikki chulg‘amli yoki ikkita uch
cho‘lga’mli kuch transformatorlari o‘rnatiladi. Bu BPP dan boyitish
fabrikalari bilan birga boshqa kon korxonalari ham elektr energiya
bilan ta’minlanishi mumkin (9.2–rasm).
Boyitish fabrikalari elektr iste’molchilarining elektr energiya
uzluksizligi bo‘yicha toifalari:
I – flotatsiya aralashyirgichlari, aylanma pechlar, nasoslar,
yong‘inga qarshi nasoslar, qoldiq nasoslari.
II – maydalagichlar, tegirmonlar, konveyerlar, seperatorlar va
boshqalar.
III – yordamchi sex, ustaxona, ombor va boshqalar.
Qo‘llaniladigan
kuchlanishlar
va
tok
turlari
bo‘yicha
o‘zgaruvchan tok – 12 V – 10000 V:
– 12 V – elektr yoritish uchun sharoit og‘ir sexlarda;
– 36 V – elektr yoritish uchun sharoit og‘ir sexlarda;
197
– 48 – 60 V – signalizatsiya uchun;
– 220 V, 380 V, barcha 200–250 kVt li iste’molchilar uchun;
– 6 kV – maydalagichlar va tegirmonlar uchun.
O‘zgarmas tok: –110 – 220V elektormagnit elaklar va seperator–
larda qo‘llaniladi.