8.10–rаsm. Burg‘ulаsh mаshinаsining elektr tа’minоti sхemаsi
Burg‘ulash mashinasining elektr ta’minoti sxemasi elektr
energiyani uzatish sxemasiga asosan tuziladi(8.10–rasm).
195
Suriluvchi podstansiyaga (SP) havo liniyasidan 6 kV li elektr
energiya ulanadi. SP da bu kuchlanish 0,4 kV ga pasaytiriladi. SP dan
burg‘ulash mashinasiga egiluvchan kabel orqali elektr energiya
keltiriladi.
Burg‘ulash
mashinasining elektr ta’minoti (8.10–rasm)
sxemasida suriluvchan podstansiya sifatida SКТP komplekt transfor-
mator podstansiyasi qo‘llanilgan. Uning tarkibiga QS – ajratgich, FV
– saqlagich, T – kuch transformatori kiradi. Egiluvchan kabelning
КШВГ turi qo‘llanilgan. Burg‘ulash mashinasida boshqarish va hi-
moya apparatlari jumladan QF – avtomat o‘chirgichlar, KM – puska-
tellar, KK – issiqlik relelari, KA – maksimal tok himoyalari, FV –
saqlagich va M – asosiy va yordamchi mexanizmlarning dvigatellari
joylashgan.
Har bir mexanizm dvigatellarini boshqarish va himoya
apparatlari alohida qilib panellarda o‘rnatilgan.
Burg‘ulash mashinasining dvigatellari quyidagi mexanizmlarini
harakatlantiradi:
M1 – burg‘ulash mashinasi parmasining qisqa tutashgan rotorli
asinxron dvigateli;
M2, M3 – kompressorlarning qisqa tutashgan rotorli asinxron
dvigatellari;
M4, M5 – harakatlantirish mexanizmining qisqa tutashgan rotorli
asinxron dvigatellari;
M6, M7, M8 – shtangani bo‘shatish mexanizmining qisqa
tutashgan rotorli asinxron dvigatellari;
M9, M10 – moy nasosi stansiyasining qisqa tutashgan rotorli
asinxron dvigatellari;
M11, M12 – ventilyatorlarning qisqa tutashgan rotorli
dvigatellari.
|