86
– elektr ta’minot tizimining bir chiziqli prinsipial sxemasini
chizish va bu sxemadagi barcha elementlarning hisob uchun kerak
bo‘ladigan nominal ko‘rsatkichlarni keltirish;
– hisoblash uchun kerak bo‘ladigan qisqa tutashuv nuqtalarini
tanlash va sxemada ko‘rsatish;
– kuchlanishning va quvvatning ba’zis qiymatlarini qabul qilish
va ular asosida tokning ba’zis qiymatini hisoblash;
– sxemadagi barcha elementlarni ularning qarshiligi bilan
almashtirish qiymatlarining nisbiy birlikda aniqlab, ba’zis quvvatga
keltirish;
– almashtirilgan sxemani soddalashtirish;
– har bir qisqa tutashuv nuqtalari uchun ba’zis quvvatga
keltirilgan natijaviy qarshiliklarini hisoblash;
– har bir qisqa tutashuv nuqtalar uchun hisoblangan qarshiliklarni
aniqlash;
– hisoblash egri chiziqlari yordamida qisqa tutashuv toklarning
karralarini aniqlash;
– qisqa tutashuv toklar va quvvatlar qiymatlarini aniqlash.
Elektr ta’minot tizimida sodir bo‘ladigan qisqa tutashuv jarayo-
nining tok va quvvat qiymatlarini aniqlash uchun, hisoblash sxemasi
tuziladi, ba’zis shartlari qabul qilinadi, elektr ta’minot tizimdagi elektr
uskunalarning ekvivalent qarshiligi aniqlanadi va hisoblash sxemasida
qisqa tutashuv nuqtalari belgilanadi.