• Fanning oliy ta’limdagi o‘rni.
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi andijon mashinasozlik instituti




    Download 20,36 Kb.
    bet2/8
    Sana02.12.2023
    Hajmi20,36 Kb.
    #109544
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Ro‘yxatga olindi №2021- yil “ ”-hozir.org

    Fanning mazmuni.


    1. Fanni o‘qitish maqasadi va vazifalari

    Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda yarimo‘tkazgich asboblarni va elektron qurilmalarni asosiy turlari, tuzilishi, ishlatilish ko‘lami, hisoblash asoslari va ularni muayyan sharoitlarga mos xolda tanlash usullari bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir.


    Fanning vazifasi – yarimo‘tkazgich asboblarni fizikaviy xususiyatlari, asosiy kattaliklari va tavsiflari, hamda ishlatilish soxalari haqidagi ma’lumotlarni berish va o‘rgatishdan iboratdir.


      1. Fanning oliy ta’limdagi o‘rni.

    Dastur Elektronika asoslari, uning tarixi, rivojlanish tendensiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar natijalari va xududiy muammolarning elektronika vositalari istiqboliga ta’siri masalalarini o‘z ichiga qamraydi.


    Hozirgi kunda fan, texnika va ishlab chiqarishning rivojlanib borishi elektronika, elektr energetikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi sohalaridagi jarayonlarda sxemotexnika, nazorat, boshqarish amallarini bajarishda olingan axborotlarni to‘liq va jadallik bilan qabul qilish xamda tegishli ishlov berishni talab etib bormoqda. Shu sababdan ushbu ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlanayotgan bakalavrlarga o‘quv jarayonida ko‘zda tutilgan fanlar qatorida Elektronikaga tegishli bilimlar olishlari va elektr sxemlarini tushunchasi, elektr sxemalarni tanlash va foydalanish, elektr sxemalarini tuzishda tegishli usullarni qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilishlari asosiy vazifalardan biri bo‘lib xisoblanadi.
    Dastur bo‘yicha fanni o‘rganishda talabalar o‘quv rejasida keltirilgan oliy matematika, fizika, elektrotexnikaning nazariy asoslari va boshqa umumkasbiy fanlar bo‘yicha tegishli bilimlarga asoslanadi.
    Ushbu fanni o‘rganish natijasida talabalar elektronika xaqidagi tushuncha, ta’riflar, elektron asboblarni qurish usullari, yarimo‘tkazgichlar turlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ladi, yarimo‘tkazgichli asboblar va ularning ishlash prinsipi hamda asosiy tavsiflari to‘g‘risida bilimga ega bo‘lishib, ularni amalda qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarni egallashadi.



      1. Download 20,36 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 20,36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi andijon mashinasozlik instituti

    Download 20,36 Kb.