O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat univеrsitеti axborot tеxnologiyalari va kompyutеr injiniringi fakultеti axborot tеxnologiyalari kafеdrasi kurs ishi




Download 53,29 Kb.
bet2/9
Sana19.02.2024
Hajmi53,29 Kb.
#158803
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a-fayllar.org

Massivlar va satrlar
PYTHON – dasturlash tili bo‘yicha o‘zbek tilidagi adabiyotlar yetarli darajada emasligi, ko‘pgina foydalanuvchilarning ushbu tilda dastur tuzishlariga to‘sqinlik qilmoqda. Shu sababli, keng doiradagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan, tushunarli tilda yozilgan o‘quv qo‘llanmalarga bo‘lgan ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda. Ushbu o‘quv qo‘llanma Termiz davlat universiteti “Amaliy matematika va informatika”, “Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishlari, hamda “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” mutaxasissisligi talabalariga “Dasturlash tillari”, “Dasturlash asoslari” va “Yuqori bosqichli algoritmik tillar” fanilarida “PYTHON dasturlash tili” ni o‘tishga mo‘ljallab yozilgan bo‘lib, unda ko‘pgina amaliy xarakterga ega bo‘lgan – dasturiy kodlar va misollarning PYTHON tilida tugallangan dasturlari keltirilgan. O‘quv qo‘llanma uni o‘zlashtirish uchun maxsus bilimlarni talab qilmaydigan ketma – ketlikda bayon qilingan. Mazkur o‘quv qo‘llanma oltita bobdan iborat bo‘lib:
 I BOB. PYTHON TILI VA UNING DASTURLASH MUHITI
 II BOB. PYTHON DA OPERATORLAR VA ULAR BILAN ISHLASH
 III BOB. PYTHON DA TARMOQLANUVCHI OPERATORLAR
 IV BOB. PYTHON DA TAKRORLASH ОPERАTОRLАRI
 V BOB. PYTHON DA MASSIVLAR
 VI BOB. PYTHON DA FUNKSIYALАR
 VII. BOB. PYTHON DA MATNLAR BILAN ISHLASH
Python dasturlash tilini yaratilishi 1990-yil boshlaridan boshlangan. O‘sha paytlarda uncha taniqli bo`lmagan Gollandiyaning CWI institute xodimi Gvido van Rossum ABC tilini yaratilish proektida ishtirok etgan edi. ABCtili Basic tili o‘rniga talabalarga asosiy dasturlash konsepsiyalarini o‘rgatish uchun mo`ljallangan til edi. Bir kun Gvido bu ishlardan charchadi va 2 hafta davomida o‘zining Macintoshida boshqa oddiy tilning interpretatorini yozdi, bunda u albatta ABC tilining ba’zi bir g‘oyalarini o‘zlashtirdi. Shuningdek, Python 1980-1990-yillarda keng foydalanilgan Algol-68, C, C++, Modul3 ABC, SmallTalk tillarining ko‘plab xususiyatlarini o‘ziga olgandi. Gvido van Rossum bu tilni internet orqali tarqata boshladi. Bu paytda o‘zining “Dasturlash tillarining qiyosiy taqrizi” veb sahifasi bilan internetda to 1996- yilgacha Stiv Mayevskiy ismli kishi taniqli edi. U ham Macintoshni yoqtirardi va bu narsa uni Gvido bilan yaqinlashtirdi. O‘sha paytlarda Gvido BBC ning “Monti Paytonning havo sirki” komediyasining muxlisi edi va o‘zi yaratgan tilni Monti Payton nomiga Python deb atadi (ilon nomiga emas). Til tezda ommalashdi. Bu dasturlash tiliga qiziqqan va tushunadigan foydalanuvchilar soni ko‘paydi. Boshida bu juda oddiy til edi. Shunchaki kichik interpretator bir nechta funksiyalarga ega edi. 1991-yil birinchi OYD(Obyektga Yo‘naltirilgan Dasturlash) vositalari paydo bo‘ldi. Bir qancha vaqt o‘tib Gvido Gollandiyadan Amerikaga ko‘chib o‘tdi. Uni NRI korparatsiyasiga ishlashga taklif etishdi. U o‘sha yerda ishladi va korparatsiya shug‘ullanayotgan proektlarni Python tilida yozdi va bo‘sh ish vaqtlarida tilni interpretatorini rivojlantirib bordi. Bu 1990-yil Python 1.5.2 versiyasi paydo bo‘lguncha davom etdi. Gvidoning asosiy vaqti korparatsiyani proektlarini yaratishga ketardi bu esa unga yoqmasdi. Chunki uning Python dasturlash tilini rivojlantirishga vaqti qolmayotgandi. Shunda u o‘ziga tilni rivojlantirishga imkoniyat yaratib bera oladigan homiy izladi va uni o‘sha paytlarda endi tashkil etilgan BeOpen firmasi qo‘llab quvvatladi. U CNRI dan ketdi, lekin shartnomaga 8 binoan u Python 1.6 versiyasini chiqarib berishga majbur edi. BeOpen da esa u Python 2.0 versiyani chiqardi. 2.0 versiyasi bu oldinga qo‘yilgan katta qadamlardan edi. Bu versiyada eng asosiysi til va interpretatorni rivojlanish jarayoni ochiq ravishda bo‘ldi. Shunday qilib 1.0 versiyasi 1994-yil chiqarilgan bo‘lsa, 2.0 versiyasi 2000- yil, 3.0 versiyasi esa 2008-yil ishlab chiqarildi. Hozirgi vaqtda uchinchi versiyasi keng qo‘llaniladi. Python dasturlash tili imkoniyatlari Python – bu o‘rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo‘lgan oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python yuqori darajadagi ma‘lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi.
Pythonning o‘ziga xosligi

1. Oddiy, o‘rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta’minot. 2. Dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotiraniboshqarishni hisobga olish shart emas. 3. Ko‘plab platformalarda hech qanday o‘zgartirishlarsiz ishlay oladi. 4.Interpretatsiya qilinadigan til. 5. Kengayishga moyil til. Agar dasturni biror joyini tezroq ishlashini xoxlasak shu qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyin shu qismni python kodi orqali ishga tushirsa(chaqirsa) bo'ladi. 6.Juda ham ko'p xilma-xil kutubxonalarga ega. 7.xml/html fayllar bilan ishlash 8.http so`rovlari bilan ishlash 9. GUI(grafik interfeys) 10.Veb saytlarni yaratish 11.FTP bilan ishlash 12. Rasmli audio video fayllar bilan ishlash 13.Robot texnikada 14.Matematik va ilmiy hisoblashlarni dasturlash Pythonni katta proyektlarda ishlatish mumkin. Chunki, uni chegarasi yo‘q, imkoniyati yuqori. Shuningdek, u sodda va universalligi bilan dasturlash tillari orasida eng yaxshisidir.



Download 53,29 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 53,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat univеrsitеti axborot tеxnologiyalari va kompyutеr injiniringi fakultеti axborot tеxnologiyalari kafеdrasi kurs ishi

Download 53,29 Kb.