Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev




Download 7,52 Mb.
bet198/216
Sana19.07.2024
Hajmi7,52 Mb.
#267965
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   216
Bog'liq
5ffd2d83d9d2c (1)

6.2.1-rasm. MAC tizimlari
Masalan, nazorat yig‘indini topuvchi SRC xesh funksiyasi chiziqli akslantirish bo‘ladi va shuning uchun ham bu uchta shartdan birontasini ham qanoatlantirmaydi.
Ma’lumotlarni uzatishda yoki saqlashda ularning to‘laligini nazoratlashda har bir ma’lumotning xesh qiymati (bu xesh qiymat ma’lumotni autentifikatsiya qilish kodi yoki “imitoqo‘yish”-ma’lumot bloklari bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha kiritilgan belgi deyiladi)
hisoblaniladi va bu qiymat ma’lumot bilan birga saqlaniladi yoki uzatiladi. Ma’lumotni qabul qilgan foydalanuvchi ma’lumotning xesh qiymatini hisoblaydi va uning xesh qiymati bilan solishtiradi. Agar taqqoslashda bu qiymatlar mos kelmasa, ma’lumot butunligi buzilganligini anglatadi. “Imitoqo‘yish”lar hosil qilish uchun foydalaniladigan xesh funksiyalar nazorat yig‘indisidan farqli ravishda ma’lumotni saqlash va uzatishda ro‘y beradigan tasodifiy xatolarni aniqlabgina qolmasdan, raqib tomonidan qilingan aktiv hujumlar to‘g‘risida ham ogohlantiradi. Buzg‘unchi xesh qiymatni osonlik bilan o‘zi hisoblab topa olmasligi va muvaffaqiyatli imitatsiya qilishi yoki ma’lumotni o‘zgartira olmasligi uchun xesh funksiya 70 buzg‘unchiga ma’lum bo‘lmagan maxfiy kalitga ega bo‘lishi kerak. Bu maxfiy kalit faqatgina ma’lumotni uzatuvchi va qabul qiluvchi tomonlarga ma’lum bo‘lishi kerak. Bunday xususiyatga ega xesh funksiyalarga kalitli xesh funksiyalar deyiladi. Kalitli xesh funksiyalar yordamida hosil qilinadigan “imitoqo‘yish”lar imitatsiya (impersonation) turidagi hujumlarda qalbaki ma’lumotlarni hosil qilishga (fabrication) va “o‘zgartirish” (substitution) turidagi hujumlarda uzatiladigan ma’lumotni modifikatsiya (modification) qilishga yo‘l qo‘ymaslikda foydalaniladi.
Ma’lumot manbaining autentifikatsiyalash masalasi axborot- kommunikatsiya tizimlarining bir-biriga ishonmaydigan ikki tomoni orasida ma’lumot almashinuvida yuzaga keladi. Bu masalani hal qilishda ikkala tomon ham biladigan maxfiy kalitdan foydalanib bo‘lmaydi. Bu holatda ma’lumotning manbaini autentifikatsiya qilishga imkon beradigan elektron raqamli imzo tuzilmasi qo‘llaniladi. Bunda odatda foydalanuvchining maxfiy kalitiga asoslangan imzo qo‘yishdan oldin xatolik kodini aniqlovchi xesh funksiya yordamida ma’lumot siqiladi. Bu holda xesh funksiya maxfiy kalitga ega bo‘lmaydi hamda u fiksirlangan bo‘lishi va hammaga ma’lum bo‘lishi mumkin. Unga qo‘yilgan asosiy talab imzolangan hujjatni o‘zgartirish hamda bir xil xesh qiymatga ega bo‘lgan ikkita har xil ma’lumotni tanlash imkoniyati yo‘qligining kafolatidir. Agar bir xil xesh qiymatga ega bo‘lgan ikkita har xil ma’lumot mavjud bo‘lsa, bu ma’lumotlar jufti kolliziya hosil qiladi deyiladi.
Xesh funksiyalarda kolliziya – ikkita har xil ma’lumotdan bir xil xesh qiymat hosil bo’lib qolishi. Kolliziyaning oldini olish yo’llaridan biri bu xesh jadval hisoblanadi. Xeshlash algoritmlarining bardoshliligi xa xavfsizliligi kolliziyaga chidamliligi bilan aniqlanadi.

      1. Download 7,52 Mb.
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   216




Download 7,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev

Download 7,52 Mb.