3
Kirish.
Web, gipermatnli tizim sifatidi ikki xil nuqtai nazar bilan qarash mumkin.
Birinchidan, gipermatnli o’tishlarni (ssыlkalar - ANCHOR konteyneri), matnlarni
ko’rsatuvchi hisoblanadi. Ikkinchidan, sahifada mavjud bo’lgan bir qator obyektlar
bilan ishlovchi tizim sifatida.
1995 yilda Netscape kompaniyasi mutaxassislari
mijoz tomonidagi
sahifalarni generatsiya qilish uchun maxsus dasturlash tili yaratishdi va uni
JavaScript deb nomdashdi.
Shunday qilib, JavaScript - mijoz tomonidagi
gipermatnli Web sahifaning
ssenariylarini boshqaruvchi tildir. Aniqroq aytadigan bo’lsak, JavaScript - bu
faqatgina mijoz tomonidagi dasturlash tili emas. JavaScript ning ajdodi Liveware -
Netscape serveri tomonidagi vosita hisoblanadi. SHunday qilib, JavaScript ko’proq
mijoz tomonidagi ssenariylarni tashkil etuvchi til sifatidi ommaviylashgan.
JavaScript ning asosiy g’oyasi HTML sahifalarni ko’rish
vaqtida HTML
teg va konteynerlarning atributlari qiymatlarini va xususiyatlarini o’zgartirishdan
iborat. SHu sabab sahifani qayta yuklash amalga oshmaydi.
Amaliyotda buni biz, sahifa fonining rangini
yoki hujjatdagi rasm
xususiyatlarini o’zgartirishda, yangi oyna ochish yoki ogohlantirish berish
jarayonlarida yaqqol kuzatishimiz mumkin.
"JavaScript" nomi Netscape ning o’zigagina tegishlidir. SHunga o’xshash
Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan tilning rasmiy nomi Jscript deb ataladi.
JavaScript ning bir qator versiyalari JScript ning versiyalari
bilan birgalikda
ishlaydi (qisman ammo to’liq emas), ya’ni JavaScript tili JScript tilining qism
to’plami hisoblanadi.
JavaScript tili ECMA (European Computer
Manufacturers Association -
Evropa kompyuter ishlab chiqarish assotsiatsiyasi) tomonidan standartlashtirilgan.
Ushbu standartlar ECMA-262 va ISO-16262 nomlarini keltirib chiqardi. Bu
standartlar JavaScript 1.1 ga mosh tushuvchi ECMAScript tilini taqdim etadi.
4
Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda JavaScript ning barcha turlari ham ECMA
standartiga mos tushavermaydi.