16
tartibda uyushtiriluvchi, statistika va yuqori tashkilotlarga yuborilib turiladigan
hisobot shakllari tushuniladi.
Hisobot statistik kuzatishning asosiy shakli bo`lib, u barcha korxonalar va
tashkilotlar faoliyati haqidagi boshlang’ich haqqoniy ma`lumotlarni keng
dasturda muttasil olib turish imkoniyatini yaratadi. Buxgalteriya va operativ-
texnika hisobi hujjatlarida qayd etilgan boshlang’ich hisob-kitob yozuvlari
hisobot uchun ma`lumotlar manbai hisoblanadi.
Hisobot buxgalteriya hisoboti va statistik hisobotlarga bo`linadi.
Buxgalteriya hisoboti buxgalteriya balansi va schetlaridagi ma`lumotlarni
sharhlash va batafsil tekshirish uchun xizmat qiladi.
Statistik hisobotning asosiy vazifasi xalq xo`jaligini rivojlantirish
bo`yicha ko`zlangan rejalarning bajarilishi ustidan nazorat olib borishdir. Har bir
statistik hisobotda quyidagi uch turdagi ma`lumotlar keltiriladi:
joriy davrda haqiqatda erishilgan ko`rsatkichlar;
joriy davr rejalarida ko`zlangan topshiriqlar;
o`tgan (bazis) davrda haqiqatda erishilgan ko`rsatkichlar.
Har bir hisobot shakli quyidagi rekvizitlarni (unsurlarni) o`z ichiga oladi:
hisobotning nomi va raqami;
tasdiqlangan vaqti;
taqdim etiladigan manzili;
qaysi davr uchun tuzilayotganligi va qachon yuborilishi lozimligi;
hisobotni yuborayotgan tashkilotning manzili;
hisobot ma`lumotlari yoziladigan jadval maketi;
o`lchov birliklari;
korxona rahbarlarining imzosi va muhr bosilgan vaqt.
Bunday hisobotni har bir korxona, muassasa va tashkilot belgilangan
muddatda tzib, statistika tashkilotlariga topshirishga majburdirlar. Bu tartibga
rioya qilmaslik hisobot intizomini buzish demakdir.