• Tayanch iboralar
  • 2.1. Statistik kuzatish to`g’risida umumiy tushuncha
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi




    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/141
    Sana20.12.2023
    Hajmi3,01 Mb.
    #124927
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   141
    Bog'liq
    Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

    Mavzu 2. STATISTIK KUZATISH
    Reja: 
    2.1. Statistik kuzatish to`g’risida umumiy tushuncha 
    2.2. Statistik kuzatish shakllari
    2.3. Statistik kuzatish turlari va usullari. 
    2.4. Statistik kuzatish xatolari va ularni tekshirish. 
    Tayanch iboralar:
    Statistik kuzatish, kuzatish ob`ekti va birligi, uzlukli va uzluksiz kuzatish, 
    yoppasiga va qiyman kuzatish, bevosita kuzatish, hujjatli kuzatish, so`roqnoma, 
    reprezentativ xato, O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi. 
    2.1. Statistik kuzatish to`g’risida umumiy tushuncha 
    Har qanday statistik tadqiqot uch bosqichni o`z ichiga oladi:

    statistik kuzatish; 

    kuzatish materiallarini svodkalash va guruhlash; 

    kuzatilayotgan voqeani har tomonlama tavsiflovchi-umumlashtiruvchi 
    ko`rsatkichlarni hisoblash va ularni tahlil qilish. 
    Hayot turli xil hodisalarning almashinuvidir. Istagan joyda qulay ahvolda 
    qolish uchun ularni o`rganish va kuzatish kerak, degan edi frantsuz yozuvchisi 
    Bal’zak. Binobarin, har qanday statistik tadqiqot o`sha o`rganilayotgan ob`ekt 
    haqida tegishli ma`lumotlarni to`plash bilan boshlanadi.
    Ijtimoiy hodisalar va jarayonlar haqidagi ma`lumotlarni rejali, ilmiy, 
    uyushtirilgan asosda to`plash jarayoni statistik kuzatish deb ataladi. U 
    tekshirishning poydevori, birinchi va eng mas`uliyatli bosqichi hisoblanadi. U 
    qanchalik to`g’ri va chuqur ilmiy mulohazalar asosida tashkil etilsa, oqibatda 
    tekshirish natijalari ham aniq va maqsadga javob bera oladigan bo`ladi. 
    Mas`uliyatsizlik bilan to`plangan noaniq va pala-partish boshlang’ich 
    ma`lumotlar o`rganilayotgan hodisa xususida noto`g’ri yakun va xulosalarni 
    yasashga sabab bo`ladi.
    Statistik kuzatish amalga oshirilayotganda bir qator shart-sharoitlarning 
    hisobga olinishi talab qilinadi. Aks holda to`plangan ma`lumotlar ilmiy 
    tekshirish talablarini to`la qondirmasligi va hattoki butunlay yaroqsiz ham 
    bo`lishi mumkin. eng muhim ilmiy talablar, shart-sharoitlar quyidagilardan 
    iborat:

    Statistik kuzatish dalillarni bir-biri bilan o`zaro bog’lanishda va bir 
    butunlikda qayd qilishi lozim.

    Ma`lumotar to`la-to`kis bo`lishi uchun eng avvalo kuzatilayotgan 
    to`plamdagi birliklar makon (mintaqa, hudud) chegarasida to`la 

    Download 3,01 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   141




    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi

    Download 3,01 Mb.
    Pdf ko'rish