25
mahkamlash materiallari sifatida ishlatilib, obapol deb ataladi. Obapol
taxtali va pushtaxtali xillarga ajratiladi. Taxtali obapol bo’yiga
tilingan g’o’ladan, yon qismidan chiqqan arralangan mahsulot bo’lib,
bir yog’i arralangan va ikkinchi tomoni arralanmagan yoki to’liq
tilinmagan sirtga ega bo’ladi. Pushtaxtali obapolda faqat bir tomoni
tilingan bo’ladi.
Umumiy ishlarga mo’ljallangan arralangan materiallar
o’lchamlari bo’yicha yupqa (qalinligi ko’pi bilan 32
mm gacha
bo’lgan) va qalin - qalinligi 35mm va undan ortiq (yaproqli daraxtlar),
40 mm va undan ortiq (igna bargli daraxt yog’ochida) xillarga
ajratiladi. Yaproqli daraxt yog’ochining arralangan materiallar
uzunligi bo’yicha kalta- 0,5 dan 0,9 m gacha; o’rtacha 1,0-1,9 m uzun,
0,2-6,5
m xillarga ajratiladi; igna bargli daraxt arralangan
materiallarning uzunligi (0,25 m gradatsiya bilan) 1-6,5 m bo’ladi.
Arralangan materiallarning nominal o’lchamlari namligi 15% bo’lgan
yog’och uchun belgilangan.