24
daraxt turlari yordamchi va vaqtincha qurilish uchun ishlatiladi. Igna
bargli daraxt xodasi uzunligi 3 m dan 6,5 m gacha, yaproqli
daraxtniki esa 4 dan 6,5 m gacha (0,5 m
gradatsiya bilan) bo’ladi.
Xodalar sifati bo’yicha 2- va 3-sort
talablariga javob berishi
kerak. Sortimentlar yuqori sifatli ko’rinishga ega bo’lishi uchun uning
yaxshi ishlanishiga alohida ahamiyat berish kerak, ya’ni ko’zlar xoda
sirti bilan tekis qilib qirqilgan bo’lishi; daraxtlarni ag’darish vaqtida
hosil bo’lgan notekis qirqim torsovkalanishi;
torets tekisliklari xoda
o’qiga perpendikulyar bo’lishi kerak.
Taxlangan o’lchamda o’lchanadigan yog’och materiallarining
hajmini aniqlash. Yog’och materiallari shtabellarga taxlanib, ular
kengligi, balandligi va uzunligi bo’yicha o’lchanadi. Shtabel kengligi
taxlangan yog’ochmaterialining nominal kengligiga teng qilib olinadi
(qo’yimlar hisobga kirmaydi). Shtabelning
balandligi va uzunligi
ikkinchi o’nlik darajagacha yiriklab olinadi. Ishga yaroqli yog’och
materiallarini taxlaganda uning namligi 25% dan yuqori bo’lganida
shtabellar balandligi bo’yicha qurib kichrayishi hisobga kirmaydigan
ustama va shtabelning balandlik bo’yicha cho’kishi uchun 2% qo’shib
hisoblanadi. Ishga yaroqli sortimentlarning (po’stloqsiz) shtabel qilib
taxlangan, zich o’lchami shtabelning taxlash o’lchamlarini keltirilgan
tegishli koeffitsientga (to’la yog’ochlik koeffitsientiga) ko’paytirish
yo’li bilan aniqlanadi.