17
chiroyli. Bug’langan holda yaxshi egiluvchan bo’ladi. Shumtol mebel
sanoatida,
faner
tayyorlashda,
kemasozlik,
vagonsozlik,
samalyotsozlik korxonalarida ishlatiladi.
5
-
rasm. Shumtol.
Qarag’ay.
Qarag’ayning po’stlog’i qalin, to’q
jigar rang,
yog’ochi oqqizg’ish rangli, to’g’ri qatlamli, yengil, puxta,
smolali
bo’lib, namga chidamli.
6-rasm. Qarag’ay.
Buk (qora qayin).
Qora qayin sarg’ish-qizg’imtil tovlanadigan
oqish tusli, radial qirqimi bo’yicha
chiroyli tabiiy gulli, namga
chidamsiz, qattiq qovushoq yog’ochdir.
Shuning uchun undan egib
ishlanadigan mebellar,
randalangan faner, chizmachilik asboblari
tayyorlanadi, mashinasozlik sanoatida ham ishlatiladi.
18
Nok.
Qizg’ish-jigarrang, taramlari va chiziqlari kam seziladi. Bir
tekis zichlikka ega, qattiq va silliq yog’och. Ishlov berish qulay. Nok
150-300 yilgacha yashaydi.