14
qisqichlardan, ponalar o’rnatish uchun teshiklar ochilgan ish taxtasi va
asbob uskunalar qo’yish uchun moslangan novdan iborat.
Har bir ish
o’rniga individual asbob uskunalar, yog’och
materiallar, dastgoh
noviga xavfsizlik texnikasi qoidalariga
amal qilgan holda batartib
o’rnatiladi.
Dastarra, randa, iskana, bolg’a kabi asboblarning dastalari
ishlovchiga qaratib o’rnatiladi. Dastgohdan
foydalanib arralashda
arralanadigan taxta materialning uzun qisqaligiga, enlik-ensizligiga
qarab tilish va qirqish turli hollarda olib boriladi. Asboblar dastgohda
foydalanish uchun qulay holatda turishi kerak.
Duradgorlik
dastgohining iskanjasida vintli mexanizmdan foydalaniladi. Uning
yordamida vint dastgohini burab siquvchi
taxtacha suriladi va ishlov
beriladigan detal mahkamlanadi yoki bo’shatiladi.
1
-
rasm. Duradgorlik dastgohi.
Duradgorlik dastgohining poldan balandligi unda ishlovchining
bo’yiga mos bo’lishi kerak. Buni quyidagicha tekshirish mumkin:
Dastgoh yonida turing va qo’llaringizni cho’zib,
kaftlaringizni dastgoh
ustiga qo’ying. Agar shunda qaddingizni yoki qo’llaringizni bukishga
to’g’ri kelmasa demak, dastgohning balandligi to’g’ri o’rnatilgan.
Dastgohning usti shikastlanmagan, vintli iskanja oson surilishi kerak.
Duradgorlik dastgohidan foydalanishda
uning oldingi va keyingi
iskanjalarini haddan tashqari siqish mumkin emas. Ponalarni
dastgohdagi uyalarga faqat to’qmoq yordamida o’rnatish lozim.
Dastgoh qopqog’ini kesuvchi
va zarb beruvchi asboblar
shikastlashidan saqlash kerak.