• Zubilolar
  • Slesarlik bolg’alari
  • Slesarlik bolg’alari: 1—zarb beruvchi muhralari, 2—pona. 3—uchi, 4—dasta.
  • Sandon.
  • Metallarni kesish texnologiyasi




    Download 226.47 Kb.
    Sana24.10.2023
    Hajmi226.47 Kb.
    #90430
    Bog'liq
    METALLARNI KESISH TEXNOLOGIYASI
    Madaminova Mard-WPS Office, 31-Vektorr, 2 5312447479373892554, ycUaDA2OZWoeqoLRBn65727YpdqyWt07VxYQ6WEP, ¦Ы¦¦¦¦TЖ¦¬TП8, 2.Kimyo tex xarita, Simmetrik kriptografik algoritmlar, Gosht (mol, qoy, tovuq) va baliq mahsulotlarning ozuqaviy qiymnti, ahamiyati, turlari, ularning sifatiga bolgan talablar., O’zgarmas tok tormizlash usullari Reja 1-Teskari ulash yo’li bil, Asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymatini hisoblash. Reja, TEST 1, 25 variant 3 savol, result, Kompyuter o’yinlari-manqurtlik vositasi.

    METALLARNI KESISH TEXNOLOGIYASI.

    Metallar zubilo va kreytsmeysellar yordamida qirqiladi va tarashlanadi.

    • Zubilo ish qismi (tig’), tana va zarb beruvchi qismlardan iborat bo`lib, U7, U7A, U8, U8A markali uglerodli asbobsozlik po`latlaridan tayyorlanadi.
    • Kreytsmeysellar tor ariqchalar (kanavkalar), shponka pazlari ochishda, ichki konturlarni tarashlashda ishlatilib, ular zubilodan tig’ining ensizligi va tanasining qalinligi bilan farq qiladi.

    Zubilolar  

    • Ishlanadigan materialning qattiqligiga qarab zubilo har xil burchak ostida charxlanadi, ya’ni uning o`tkirlik (charxlanish) burchagi turlicha bo`ladi: cho`yan, bronza kabi qattiq metall va qotishmalar uchun 70°; o`rtacha qattiqlikdagi metall materiallar (po`lat) uchun 60°; yumshoq metall materiallar (mis, latun, alkxmin qotishmalari) uchun 35—45°.
    • Zubilolar 100, 125, 150 va 200 mm uzunlikda tayyorlanib, tig’ining eni Unga mos ravishdaYu, 15, 20 va 25 mm bo`ladi.

    . Zubiloni charxlash (a):1-charxtosh, 2-prujina, 3-quloqli gayka, 4-himoya ekrani, 5- shkiv, 6-tasma, 7-val, 8-magnitli yurgizgich, 9-vanna, 10-sozlovchi bolt, 11-tirgak; o`tkirlik burchagini tekshirish

    Zubiloning ish qismi toblanadi va bo`shatiladi. Uning toblanganlik darajasini aniqlash uchun eni 50 mm, qalinligi 3 mm li Stb markali po`lat polosani tiskiga qistirib qirqiladi. Bu vaqtda tig’ o`tmaslanmasa, ezilmasa, uchib ketmasa toblash yaxshi o`tkazilgan hisoblanadi yoki zubiloning toblangan qismini mayin egov bilan egovlab ko`riladi. Agar egovlash vaqtida qirindi (kukun) hosil bo`lmasa, toblanganlik darajasi yaxshi hisoblanadi

    Slesarlik bolg’alari

    Metallarni bolg’alash (egish, bukish, to`g’rilash), parchinlash, zubilo va kreytsmeysellar yordamida qirqish, tarashlashda slesarlik bolg’alaridan foydalaniladi. Ular yumaloq va kvadrat muhrali bo`lib (212- rasm, a, b) og’irligi 200, 400, 500, 600 grammgacha bo`ladi. Bolg’alar U7 va U8 markali uglerodli asbobsozlik po`latlaridan tayyorlanadi va toblanadi

    Slesarlik bolg’alari: 1—zarb beruvchi muhralari, 2—pona. 3—uchi, 4—dasta.

    Bolg’alarning dastalari qora qayin, zarang, qayrag’och, eman kabi qattiq, qayishqoq yog’ochlardan tayyorlanadi. Ular butoqsiz, yorilmagan bo`lishi kerak. Dastaning bolg’aga puxta o`rnashini ta’minlash uchun Unga metall yoki yog’och ponalar qoqiladi.

    Sandon.

    Bunday hollarning ro`y bermasligining oldini olish maqsadida yupqa listlarni qirqishda sandon ustiga yumshoq po`latlardan ehtiyot plastinka qo`yib olinadi, qalin listlarni ikki tomonlama qirqib sindirib olinadi

    Sandon yaxlit metall taglik bo`ib, uning ustida metallarni tug’rilash, parchinlash, zubilo yordamida qirqish ishlari olib boriladi. Uni maxsus stol, tumbochka yoki kunda ustida o`rnatiladi. Ish vaqtida sandonning o`rinsiz bolg’alanishiga, zubilo bilan chaqalanishiga yo’l qo`ymaslik kerak. Bu hol sandon sirtining silliqligi va tekisligini buzadi, u o`z navbatida zagotovka sirtining ezilishiga sabab bo`ladi.


    Etiboringiz uchun
    rahmat
    Download 226.47 Kb.




    Download 226.47 Kb.