16
xususiyatlariga mos bo’lishi lozim. Qayd etilgan asboblardan tutqichi
bo’lmagan, nosoz bo’lgan holda foydalanish ta’qiqlanadi. Metalga
ishlov berishda uchqundan saqlanish uchun himoya ko’zoynaklari
taqiladi. Ishlab chiqarish ustalari himoya ko’zoynaklaridan
foydalanishni nazorat qilishlari kerak.
Arralar to’g’ri kerilgan va charxlangan bo’lishi kerak. Arra
tutqichlari mustahkam o’rnatilgan, silliqlab tozalangan bo’lishi kerak.
Randalash
asboblari tekis, silliqlab tozalangan kolodkalarga ega
bo’lishi kerak. Kolodkaning keyingi
qismi tumtoqlangan tutqichi
silliqlangan bo’lishi kerak. Randalash asbobi yo’nish qismi to’g’ri
charxlangan, yog’och kolodkaga mustahkam va zich o’rnatilgan
bo’lishi, yorilgan joylari va chuqurchalari bo’lmasligi kerak.