19
boriladigan turli xil grafikli ob’ektlar (fayllar, hujjatlar, dasturlar, qiymatlar, jixozlar)
monitor ekranida tasvirlash imkonini beradi, foydalanuvchi bularga ta’sir ko’rsatib
komp’yuter ishini boshqarish mumkin.
Grafikli operatsion tizimlar va qobiqlarda foydalanuvchining
grafikli interfeysi
standarti mavjud bo’lib, u o’z ichiga quyidagilarni qamrab oluvchilarni oladi:
- menyu tizimlari – kerakli joyni tanlash uchun klaviaturani va ―sichqon turidagi
ko’rsatgichdan qo’llanadi;
– oynalar tizimi – dasturli va matnli fayllar va ularning lavhalari bilan ishlash uchun
mo’ljallangan;
1.
asboblar paneli
–
rejimlar va qayta ishlashlarni
knopka-piktogrammasi bilan
ishlashga mo’ljallangan;
2.
klavishlar kombinatsiyasi
(―dolzarb klavishlar) –
klaviaturadan talab
etilayotgan buyruqlarni tezda kiritish uchun mo’ljallangan;
3.
andozalar
– hujjatlar shakllari va ekranli shakllar.
4.
asosiy so’z va tushunchalar asosida qurilgan kontekstga bog’liq yordam tizimi.
Windows XPga oynalar tizimi bilan bir qatorda interfeysni yana ikkita yangi
elementi kiritilgan: papkalar
va yorliqlar;
WYSIWYG printsipi bo’yicha, ya’ni
“
nimani ko’rsang, shuni olasan
”
ishlovchi
Windows XP
grafik interfeysining asosini 3-darajali oynalar tizimi tashkil etadi
(Windows - oyna), u odat bo’lib qolgan ―ish stoli sharoitini yaratadi. Tizimda ishlash
uchun sichqon yoki trekbol grafik ko’rsatgichini (manipulyator)
ishlatish qulaydir,
lekin klaviatura bilan ishlasa ham bo’ladi.
Ish stoli
– bu displey ekrani bo’lib, unga Windows XPning hamma kerakli
ob’ektlarini: oynalar, papkalar, yorliqlar – odatdagi yozuv stolidagiday – joylashtirish
mumkin.
Oyna to’g’ri burchakli ramka bilan chegaralangan
ishchi stolining bir qismi
bo’lib, unga ixtiyoriy ob’ektni (matn, rasm, boshqa oyna) joylashtirish mumkin, va
uning ustida ishlarni bajarish mumkin (matnni yozish, rasm chizish, ko’rsatmalarni va
buyruqlarni kiritish va b.).
Papka – bu mantiqiy sig’im bo’lib unda ixtiyoriy ob’ektlarni – hujjatlar, fayllar,
boshqa papkalar, yorliqlar va sh. o’. – saqlash mumkin. Papka DOS ni direktoriyasi
yoki katalogiga o’xshashdir.
Yorliq – bu ob’ektning (hujjat, dastur, qurilma) shartli belgilanishi bo’lib, uning
yordamida ob’ektga tezda murojaat qilishni ta’minlaydi.