• O‘lchash turlari. O‘lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari mavjud. Bevosita o‘lchash (
  • Bilvosita o‘lchash
  • Majmuiy o‘lchash
  • Birgalikda o‘lchash
  • Absolyut o‘lchash
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika Universiteti




    Download 170.63 Kb.
    Sana27.05.2023
    Hajmi170.63 Kb.
    #65814
    Bog'liq
    metrologiya MI
    8-mavzu, BLOK-SXEMA BLOKLARINI ISHLATILISHI, Sir Thomas More and “Utopia”, 6) Global muammolar,ularning belgilari va guruhlanishi, 20 mavzu Aniqmas integral Aniqmas integralda o’zgaruvchini almashtirib, avzu -Multimediyali-tarmoq-texnologiyalarida-uzatishlar, zu -Multimediyali-tarmoq-texnologiyalarida-uzatishlar, u -Multimediyali-tarmoq-texnologiyalarida-uzatishlar, 2-Amaliyot ishi, Jienbaeva A.A., ANGLISKIY, 1-15talik savollar javoblarini topilar

    O’zbekiston Respublikasi
    Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika Universiteti

    “Elektronika va avtomatika’’ fakulteti


    “Metrologiya va standartlashtirish” fanidan

    Mustaqil ishi



    Bajardi:
    Tekshirdi:

    O‘lchash turlari.
    O‘lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari mavjud.

    Bevosita o‘lchash (to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash) – bunday o‘lchashda kattalikning izlanayotgan qiymati bevosita tajribadan olinadi,ya’ni o‘lchanadigan U kattalik bevosita kuzatiladigan X kattalikning o‘zi bo‘ladi, demak, bunday o‘lchashlarning modeli U=X ko‘rinishda yoziladi
    Bevosita o‘lchashga misol qilib, massani tarozida, tok kuchini – ampermetrda,haroratni – termometrda o‘lchashni keltirish mumkin (1.2-rasm a,b,v,g).
    1. Eng sodda holda, bo‘laklarga bo‘lingan chizg‘ichni qandaydir detalga qo‘yib, aslida, uning o‘lchamini chizg‘ichdagi birlik bilan solishtiriladi va chizg‘ich ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘lchanadigan kattalikning qiymati detalning uzunligi, balandligi, qalinligi va boshqa parametrlari olinadi (aniqlanadi).
    2. O‘lchash asbobi yordamida kattalik o‘lchami asbob shkalasidagi birlik bilan solishtiriladi va asbob ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘lchanadigan kattalik olinadi.
    Bilvosita o‘lchash – kattalikning izlanayotgan qiymatini u bilan funksional bog‘langan boshqa kattaliklarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash natijalari asosida aniqlash. Bunda izlanayotgan kattalik (U) ning qiymati u bilan funksional bog‘langan n ta kirish kattaliklari X1,X2, .., Xn ni to‘g‘ridan - to‘g‘ri o‘lchash natijalari asosida aniqlanadi. Ushbu funksional bog‘liqlik, ya’ni o‘lchash modeli quyidagicha ifodalanadi:
    Y=f(X1,X2, .., Xn)
    Masalan, elektr zanjirining qarshiligini ampermetr va vol’tmetr yordamida o‘lchash.
    Majmuiy o‘lchash – bir nechta bir xil nomli kattaliklarning birikmasini bir vaqtda o‘lchashdan olinadigan tenglamalar tizimini echib, izlanayotgan qiymatlarni topish.
    Majmuiy o‘lchashlarning tenglamalar tizimi, ya’ni matematik modelini quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin.

    bu yerda m = 1,2,…,n; n > m; Xi – izlanayotgan kattaliklarning turli birikmalarini bevosita o‘lchashlar natijalari.
    Majmuiy o‘lchashlar bilvosita o‘lchashlardan farqli o‘laroq, izlanayotgan bir nechta kattaliklar o‘lchanadi, bularning qiymati esa tenglamalar tizimini echish natijasida topiladi.
    Majmuiy o‘lchashlar metrologik amaliyotda, masalan, o‘lchovlarni yoki o‘lchash asboblarning shkalalarini kalibrlashda keng qo‘llaniladi. Masalan, to‘plamdagi alohida tarozi toshlarning massasini bir tosh massasining ma’lum qiymati bo‘yicha va toshlardan tuzilgan turli birikmalar massasini o‘lchash (solishtirish) natijalari bo‘yicha topish.
    Birgalikda o‘lchash – ikkita yoki bir nechta, har xil nomli kattaliklar orasidagi bog‘lanishni aniqlash uchun bunday kattaliklarni bir vaqtda o‘tkaziladigan (bevosita yoki bilvosita) o‘lchashlar.
    Birgalikda o‘lchashlarning natijalari, o‘lchashlar modeli bo‘lgan quyidagi tenglamalar tizimini echish yo‘li bilan topiladi:
    F1(Y1,Y2,Y3,...;X11,X21,X31,...)=0
    F2(Y1,Y2,Y3,...;X111,X211,X311,...)=0
    F1(Y1,Y2,Y3,...;X1111,X2111,X3111,...)=0
    Tenglamalardagi Y1, Y2, Y3, lar izlanayotgan kattaliklar; X1,X2,X3,... – lar bevosita o‘lchangan kattaliklar. Birgalikda o‘lchashga misol qilib rezistor qarshiligini temperaturaga bog‘liqligini aniqlashni keltirish mumkin, buning matematik modeli quyidagicha ifodalanadi:
    Rt=R20[1+ ],
    bu yerda Rt – t ºC temperaturadagi rezistor qarshiligi; R20-rezistorning 20 ºS dagi qarshiligi; va R20-lar izlanayotgan kattaliklar.
    Absolyut o‘lchash – bir yoki bir necha asosiy kattaliklarni bevosita o‘lchanishini va ( yoki) fizikaviy doimiylikning qiymatlarini qo‘llash asosida o‘tkaziladigan o‘lchash.
    Nisbiy o‘lchash – kattalik bilan birlik o‘rnida olingan nomdosh kattalikning nisbatini yoki asos qilib olingan kattalikka nisbatan nomdosh kattalikning o‘zgarishini o‘lchash.
    Download 170.63 Kb.




    Download 170.63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika Universiteti

    Download 170.63 Kb.