Klaviatura va monitor pro-filakturasi
Monitorni tozalash. Suyuq kristalli monitorlar JK monitorlar uchun maxsus ishlab chiqarilgan ho'llangan salfetkalar yordamida artiladi. Suv yoki spirt shimdirilgan latta bilan JK monitorlarni artish mumkin emas.
Klaviaturani tozalash. Agar klaviatura klavishlari ajratiladigan bo'lsa, u holda ularni avvalo olingan joyini belgilab (yozib) ajratish Iozim. So'ngra kichikroq idishga issiq suv quyiladi va
suvga suyuq sovun yoki kir yuvish poroshogi aralashtiriladi, klavishlar bir necha daqiqaga idishga solinadi. So'ngra klavishlar 1—2 tadan olinadi va toza suvda chayiladi. So'ngra ular toza sochiqqa yoyiladi, ko s pik bo'lmasa qog'oz salfetka bilan artiladi va quritiladi. Agar klavishlar ajratilmaydigan bo'lsa, ular changyutgich bilan tozalanadi va yaxshilab siqilgan ho'l latta bilan aniladi.
„Sichqoncha"ni tozalash. „Sichqoncha"ni tozalashda uni qismlarga ajratish maqsadga muvofiq va ulardagi chang va ifloslanishlarni ehtiyotlik bilan cho'tkachalar va ho'] salfetkalar yordamida tozalanadi. Mexanik „sichqoncha"da sharigiga alohida diqqat qilish lozim. „Sichqoncha" gilamchasi esa issiq suvda yuviladi va quritiladi.
Nazorat sapollari
I. Kompyuterning asosiy tashkil etuvchilariga nimalar kiradi va ular qanday funksiyani bajaradi?
Tizimli blok va ularning tashkil etuvchilari haqida ma'lumot bering.
Kompyuterga profilaktik xizmat ko'rsatish qanday tashkil etiladi?
Kompyuterning apparat qismiga prolilaktik xizmat qanday amalga oshiriladi?
Dasturiy ta'minotga profilaktik xizmat qanday amalga oshiriladi?
Vaqtinchalik va kerakmas fayllarni yo'qotish qanday bajariladi?
Disklarni ortiqcha ma'lumotlardan tozalash uchun qanday dasturlardan foydalanish mumkin?
Qattiq disklarni defragmentatsiyalashdan maqsad nima?
Qattiq disklardagi xatolarni topish va ularni tuzatish qanday amalga oshiriladi?
Tizimning tiklanish nuqtasi qanday yaratiladi? l l. Tizimli blokni tozalash va uning bosqichlari haqida ma'lumot bering.
12. Monitor, klaviatura va „sichqoncha"ga profilaktik xizmat ko'rsatish qanday amalga oshiriladi?
|