Apparat va dasturiy
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
SIRDARYo VILOYaTI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISh VA MUVOFIQLAShTIRISh XUDDUIY BOShQARMASI
SIRDARYo TUMAN KASB-HUNAR MAKTABI
3.52.01.02-APPARAT VA DASTURIY
TA’MINOT SOZLOVChISI
“Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish” o‘quv amaliyoti fanidan
M A ‘ R U Z A L A R M A T N I
2020 yil
Mundarija
I
|
KIRISh.Kompyuter texnikasi asboblari
|
bet
|
1
|
Shaxsiy kompyuterda ishlash qoidalari.Kompyuter texnik vositalari.
|
|
2
|
Kompyuter texnik vositalarini qo‘llash
|
|
II
|
Tizim plata qurilmasi
|
|
1
|
Tizimli plataning vazifasi va ishlash tamoyili
|
|
2
|
Tizimli platani tanlash
|
|
III
|
Tizimli plata chipsetlari va xarakteristikalari
|
|
1
|
Tizimli plata shimoliy va janubiy ko‘priklar vazifasi.
|
|
2
|
Tizimli platani o‘rna-tish.
|
|
3
|
Parallel va ketma-ket portlarni sozlash
|
|
IV
|
Protsessor
|
|
1
|
Protsessorlar arxitekturasi. Arxitektura-larni ishlash prinsipi. 64 bitli arxitek-turaga o‘tish.
|
|
2
|
Protsessor va kullerni o‘rnatish
|
|
V
|
Tezkor xotira qurilmasi
|
|
1
|
Xotira ishini tezlashtirish. Xotirani o‘rnatish bilan bog‘langan qo‘shimcha xotirani o‘rnatish va chegaralash.
|
|
2
|
Tezkor xotira mikrosxemasi parametrlari va tizimli plata tizim parametrlariga bog‘liq xolda o‘rnatish xususiyatlari
|
|
VI
|
Qattiq disk.
|
|
1
|
Qattiq disk qurilmasi va uning asosiy xususiyatlari.
|
|
2
|
Diskni qismlarga ajratish va formatlash, bo‘limlarni yaratish va yo‘q qilish.
|
|
3
|
Qattiq diskni o‘rnatish va sozlash.
|
|
VII
|
Tizimli va ta’minot bloki
|
|
1
|
Elektr ta’minotining maqsadi. Elektr ta’minoti qurilmasi. Elektr ta’minoti-ning tashqi simlari
|
|
2
|
Kompyuterning quvvat sarfini hisoblash. Elektr ta’minoti xususiyatlari
|
|
3
|
Elektr ta’minoti xususiyatlari
|
|
4
|
Kompyuter qismlarining quv-vat sarfini hisoblash. Elektr ta’mino-tini shaxsiy kompyuterga o‘rnatish.
|
|
VIII
|
Multimediya tizimi
|
|
1
|
Video adapter interfeysi: PSI Express avtobus. Video adapterning qurilmasi va xususiyatlari.
|
|
2
|
Monitorlar. Monitorlarning turlari va tamoyillari. Monitorlarning asosiy xususiyatlari.
|
|
3
|
TV-tyunerlar. Televizion eshittirish stan-dartlari. Tyunerning xususiyatlari. Ovoz kartalarining turlari, ularning asosiy parametrlari
|
|
4
|
Multimediya proektorlari turla-ri. Proektorlarni o‘rnatish va sozlash.
|
|
5
|
Video adapterni tanlash va o‘rnatish. Monitor ulanishi videoproek-torni o‘rnatish va sozlash.
|
|
IX
|
Sovutish tizimi
|
|
1
|
Sovutgichlarning moslamasi va turlari. Boshqa o‘rnatish tizimiga ega protsessorga sovutgichlarni o‘rnatish
|
|
2
|
Tizim blokining turli xil qurilmalariga sovutgichlarni o‘rnatish.
|
|
X
|
ShKni yig‘ish
|
|
1
|
Kompyuterni yig‘ish uchun tarkibiy qismlarni tanlash.
|
|
2
|
Kompyuter komponent-larining texnik xususiyatlariga muvofiq-ligi.
|
|
3
|
Kompyuterni yig‘ish tartibi. Komponent-larni o‘rnatish qoidalari.
|
|
4
|
Qo‘shimcha qism-larni o‘rnatish. BIOS vositalari yordamida to‘g‘ri yig‘ishni tekshirish.
|
|
XI
|
ShK profilaktikasi
|
|
1
|
Profilaktika zaruriyati. ShK profilakti-kasi uchun kerakli asboblar.
|
|
2
|
Tizimli plata kompone-ntalari profilaktikasi.
|
|
3
|
Kulerlarni yog‘lash va tozalash
|
|
4
|
Klaviatura va monitor pro-filakturasi
|
|
XII
|
ShK nosozliklarini yo‘qotish
|
|
1
|
O‘z-o‘zini tekshirish (POST). BIOS ovozli va matnli xabarlari. Kompyuterni diagnos-tika qilish vositalari.
|
|
2
|
Kompyuterni diagnostika qilish POST -karta. Multiteter yordamida kompyuter diagnostikasi.
|
|
3
|
Kompyuter qismlarini ta’-mirlash, kondensatorlarni va boshqa elementlarni almashtirish
|
|
XIII
|
ShK modernizatsiyasi
|
|
1
|
Yangilash strategiyalari - yangi kompyuter sotib oling, doimiy yangilanish rejimini tanlang
|
|
2
|
Budjetni modernizatsiya qilish. Komponentlarni tanlash - bu beqarorlik, samaradorlik va iqtisodiy kurs
|
|
3
|
Modernizatsiya qilish va tarkibiy qismlarni tanlashning mumkin bo‘lgan variantlari.
|
|
XIV
|
Kompyuterni ishga tayyorlash
|
|
1
|
BIOS Setup dasturini ishga tushirish va sozlash - oldindan tayyorgarlik, BIOS SETUP interfeysi, asosiy sozlash SETUP , tashqi vositalar bilan
|
|
2
|
BIOS parametr-larini sozlash.
|
|
KIRISh
Hozirgi kunda informatika va uning usullari amalda inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bordi.
Informatika uchta yo‘nalishga: algoritmik, dasturli va texnik yo‘nalishlarga bo‘linadi.
Uchinchi sohani aks etuvchi informatsion texnika quyidagi asosiy tarkiblardan iborat: axborot qabul qilish, yig‘ish va kiritish vositalari (datchiklar, terminallar, o‘qiydigan avtomatlar va v.h.z.), axborot saqlash vositalari( ma’lumotlar banklari, bazalari, mashina xotirasi), axborot uzatish vositalari( aloqa va ma’lumotlar uzatish vositalari), axborotni qayta ishlash va o‘zgartirish vositalari (protsessorlar, ko‘p protsessorli sistemalar, interfeyslar va h.z.), axborotni tasavvur qilish, aks ettirish va chiqarish vositalari (displeylar, indikatorlar, tablo, grafquruvchilar va h.z.).
Yuqorida keltirilgan vositalarning aksariyat qismi periferiya qurilmalarga kiradi. Periferiya qurilma (Shaxsiy kompyuter) tushunchasining o‘zi, ushbu qurilma protsessor tarkibiga kirmasligini va undan tashqarida ekanligini bildiradi. Periferiya qurilmaning ahamiyati informatsion texnikadan foydalanish sohasining kengayib borishiga qarab uzluksiz ravishda oshib boradi.
1-bob.Kompyuter texnikasi asboblari
1.1-Mavzu:Shaxsiy kampyuterda ishlash qoydalari
Reja
Mehnat muhofazasi texnik xavfsizlik qoidalari.
Shaxsiy kompyuterlarda ishlash qoidalari
Kompyuterlarning asosiy texnik ko‘rsatkichlari
Mehnat muhofazasi texnik xavfsizlik qoidalari.
Kompyuter xonasida quyidagilar mumkin emas:
kompyuter xonasiga ustki (palto, kurtka) kiyimda kirish;
kompyuter va uning qurilmalarini elektr manbaiga ruxsatsiz ulash yoki o‘chirish;
qurilmalardagi murvatlarni burash;
monitorga qo‘l va boshqa narsalarni tekkazish, himoya qopqoqlarini ochish;
qurilmalarning ulanish joylariga tegish;
kompyuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanish;
qurilmalar yonida tez yonuvchi moddalar ishlatish;
xonaga qurilmaning ichki elementlariga salbiy ta’sir etuvchi (kislotali, tarkibida xlor bo‘lgan) moddalarni olib kirish, xonani changitish;
kompyuter va qurilmalar ustiga turli buyumlarni qo‘yish;
kompyuterlar elektr manbaga ulangan holda tozalash ishlarini olib borish;
qurilmalardan foydalanishda kuch ishlatish;
ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish
Kompyuterda ko‘p ishlash, ya’ni uning oldida ko‘p o‘tirish insonning ko‘zi, qon aylanish sistemasi, bosh miya faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin. Shunga ko‘ra, kompyuterdan foydalanganda quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir.
O‘quvchining ish joyiga tushayotgan yorug‘lik tepadan va chapdan tushishi, displey ekrani va klavishlar ko‘zni qamashtirmaydigan bo‘lishi kerak.
Xonadagi havo harorati o‘rtacha 20-24 daraja oralig‘ida bo‘lishi lozim.
O‘quvchilarining shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti 2530 daqiqadan, bir kun davomida esa 180 daqiqadan oshmasligi kerak.
O‘quvchi kompyuterdan eng kamida 50-60 sm narida o‘tirishi kerak.
Kompyuter xonasida o‘tkazilayotgan dars jarayonida o‘quvchilarning tana mushaklarida va ko‘zlarida zo‘riqish hosil bo‘lmasligi uchun 2-3 daqiqadan iborat dam berish lozim. Shu lahzalarda o‘quvchilarga yengil kuy eshitish, kursida o‘tirgan holda qo‘l va bo‘yin mushaklari toliqmasligi uchun yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi.
|