Mavzu-Kompyuterni texnik vositalarini qo‘llash




Download 472,07 Kb.
bet5/131
Sana13.05.2024
Hajmi472,07 Kb.
#230223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
Bog'liq
Apparat va dasturiy-www.hozir.org

1.2.Mavzu-Kompyuterni texnik vositalarini qo‘llash
Reja:
    1. Shaxsiy kompyuterlarning funksional bloklari

    2. Shaxsiy kompyuterning konstruksiya elementlari



Shaxsiy kompyuterlarning funksional bloklari

Yuqorida aytib o‘tilganidek, ShKlar yuqori darajali unifikatsiyaga ega bo‘lganligi uning qo‘llanilish sohasiga qarab turli konfiguratsiyalarni tuzish imkonini beradi. Asosiy bog‘lama va bloklarning shunday to‘plamlari borki, ularsiz ShKning funksional imkoniyatlari to‘liq bo‘lmaydi va u universal kompyuter toifasiga tegishli bo‘lmaydi. Bu to‘plam tarkibiga protsessor, xotira bloklari, kirit ish-chiqarish va hujjatlashtirish vositalari, elektr ta’minoti va kompyuterlararo aloqa bog‘lamalari kiradi. SHKning asosiy bog‘lama to‘plami va bloklarining tuzilish sxemasi 1.1-rasmda keltirilgan.


ShKning barcha qurilmalari tizimli shina (tizimli magistral yoki kanal) yordamida birlashtiriladi. Bu magistral tarkibiga ShK barcha qurilmalarining o‘zaro ulanishini va aloqasini ta’minlovchi to‘rtta asosiy shina kiradi:
  • manzil shinasi (Address Bus) – tashqi jamlagichlar yoki asosiy xotiraning manzil kodining barcha razryadlarini parallel uzatish uchun ulovchi sxemadan va bosma platadagi liniyalardan iborat;


  • ma’lumotlar shinasi (Data Bus) – (asosiy yoki tashqi) xotiradan protsessorga ishlov berishga mashina so‘zning (operandning)





1.1-rasm. Shaxsiy kompyuterning tuzilish sxemasi.
barcha razryadlarini parallel uzatish uchun yoki aks ettirish qurilmasiga uzatish uchun mo‘ljallangan liniyalar va ulovchi sxemalardan iborat;
  • boshqaruv shinasi (Control Bus) – ShKning barcha bloklariga kodli so‘zlarni yoki alohida boshqaruvchi signallarni uzatish uchun mo‘ljallangan liniyalar va ulovchi sxemalardan iborat;


  • ta’minot shinasi (Power Bus) – shaxsiy kompyuterning bloklarini energiya ta’minot tizimiga ulovchi liniyalardan iborat;


Tizimli shina axborot uzatishning uchta yo‘nalishini ta’minl aydi.


  • protsessor va asosiy xotira o‘rtasida;


  • protsessor va tashqi qurilmalarning kiritish-chiqarish portlari o‘rtasida;


  • asosiy xotira va tashqi qurilmalarning kiritish-chiqarish portl ari o‘rtasida (xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish ish tartibida).


Barcha bloklar shinaga muvofiqlashtirilgan unifikatsiyalangan razyomlar orqali bir xil tarzda: bevosita yoki kontroller (adapter) orqali ulanadi. Tizimli shinani boshqarish protsessor orqali bevosita yoki asosiy boshqaruvchi signallarni shakllantiruvchi shina kontrollerining qo‘shimcha mikrosxemasi orqali amalga oshiriladi. Tashqi qurilmalar va tizimli shina o‘rtasida axborot almashinuvi ASCIIkodlarni qo‘llash bilan bajariladi.


Asosiy bloklarning vazifalarini ko‘rib chiqamiz. 1.2-rasmda protsessor funksional bloklarining minimal to‘plamiga ega bo‘lgan tipik strukturasi ko‘rsatilgan.
Protsessor yoki mikroprotsessor ShKning markaziy qurilmasi bo‘lib, o‘zining va mashinaning barcha bloklar ishini boshqarish va axborot ustida arifmetik hamda mantiqiy operatsiyalarni bajarishga mo‘ljallangan. Protsessor tarkibiga bir necha komponentlar kiradi.

Download 472,07 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Download 472,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu-Kompyuterni texnik vositalarini qo‘llash

Download 472,07 Kb.