• Buyruqlarni saralash sxemasi
  • Xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni boshqarish sxemasi (XTTK).
  • Ichki registrlar (protsessorli xotira)




    Download 472,07 Kb.
    bet7/131
    Sana13.05.2024
    Hajmi472,07 Kb.
    #230223
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   131
    Bog'liq
    Apparat va dasturiy-www.hozir.org

    Ichki registrlar (protsessorli xotira) mashinaning yaqin oradagi ish taktlarida bevosita qo‘llaniladigan axborotni qisqa muddatli saqlash, yozish va uzatish uchun mo‘ljallangan. U mashinaning yuqori tezkorligini ta’minlash uchun registrlar asosida quriladi, chunki asosiy xotira har doim ham tezkor mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun axborotni zarur bo‘lgan yozish, izlash va o‘qish tezligini ta’minlab bera olmaydi. Registrlar – xotiraning turli uzunlikdagi tez ishlovchi yacheykalaridir (umumiy xotira yacheykalaridan farqli ravishda 1 bayt standart uzunlikka va nisbatan past tezlikka ega). Unda ko‘pincha kerakli konstantlar saqlanadi, ba’zi protsessorlarda ichki registrlar turli xil manzillashlarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi.
    Buyruqlarni saralash sxemasi kompyuter dasturlariga muvofi q buyruqlarning bajarilishiga tegishli manzillarni tashkil qilish uchun xizmat qiladi.
    Uzilishlarni boshqarish sxemasi dasturni elektron to‘xtatish (ko‘zda tutilmagan vaziyat), uning yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish hududiga o‘tishi, asosiy dasturni bajarishni davom ettirishi uchun to‘xtagan joyga qaytishi uchun xizmat qiladi.
    Xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni boshqarish sxemasi (XTTK). Ma’lumotlar massivini tashqi xotiradan tezkor xotiraga yuqo ri tezlikda olib o‘tish zaruriyati tug‘ilganda, protsessor boshq aruvi ostidagi axborotning oddiy dasturiy almashinuvi samarasiz bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlarni tashqi xotiradan tezkor xotiraga (yoki aksincha) to‘g‘ridan-to‘g‘ri tizimli shina orqali uzatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu ish tartibini protsessorning maxsus sxemasi (xotiraga to‘g‘ridanto‘g‘ri kirish kontrolleri deb ham ataladi) ta’minlaydi.
    ShK manzilli xotirasining tashkil qilinishini ko‘rib chiqamiz. ShKning xotirasi – bu axborotni yozish, saqlash va uzatishga mo‘ljallangan muhim funksional qismidir. ShKlarning zamonaviy modellarida xotira rivojlangan ierarxiyaga ega bo‘lib, hajmi va tezligi bo‘yicha turli bo‘lgan qurilmalardan tashkil topadi. Mikro protsessor xotira turlari va pog‘onalarining sxemasi keltirilgan.
    Xotiraning barcha turlarini shartli ravishda ularga nisbatan protsessorning foydalanish darajasi bo‘yicha to‘rtta pog‘onaga bo‘lish mumkin.


    Download 472,07 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   131




    Download 472,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ichki registrlar (protsessorli xotira)

    Download 472,07 Kb.