|
Mikrodasturli boshqaruv qurilmasi
|
bet | 6/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgMikrodasturli boshqaruv qurilmasi (MBQ) mashinaning barcha bloklariga zarur vaqtda bajarilayotgan operatsiyalarning spetsifikatsiyalari va oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari bilan shartli belgilangan boshqarish signallarini shakllantiradi va uzatadi, bajarilayotgan operatsiyalar tomonidan ishlatilayotgan xotira yacheykalari manzilini shakllantiradi va bu manzillarni kompyuterlarning mos bloklariga uzatadi. MBQ apparat jihatidan doimiy xotira qurilmasi bo‘lib, uning kirishiga protsessorning ayni damda bajarilayotgan buyruqlarning ikkilik kodi keladi va chiqishida esa kodli so‘zlar to‘plami shakllanadi, ularning har biri ushbu buyruqning bajarilishida ishtirok etayotgan protsessorning alohida sxema va bog‘lamalariga mo‘ljallangan. Shunday qilib, kirib kelgan buyruq kodiga buyruq bajarilishining barcha asosiy taktlarini amalga oshiruvchi operandlarni o‘qish, ular ustida amallar bajarish, natijani yozish kabi bir necha mikroko‘rsatmalar to‘g‘ri keladi. Mikro ko‘rsatmalar kodli so‘zlarining razryadlari vaqtincha va fazoviy taqsimlash uchun «Boshqaruv mantiqi» bog‘lamasi xizmat qiladi.
Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) sonli va simvolli axborot ustida barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan (ShKning ayrim modellarida operatsiyalarning bajarilishini jadallashtirish uchun AMQ ga qo‘shimcha matematik soprotsessor ulanadi).
-
1.2-rasm. Protsessorning tipik strukturasi.
|
| |