|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|
bet | 14/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgNAZORAT SAVOLLARI
Tizimli plataning funksional vazifasi va asosiy elementlari.
Tizimli plataning ishlash tamoyili qanday?
ATX, micro-ATX va flex-ATX tizimli platalar standarti haqida aytib bering.
Mini-ITX tizimli plata haqida aytib bering.
Reja:
Tizimli platani tanlash
Tizimli plataning standartlari
Tizimli plataning tar kibiy qismi
Tizimli platani ishlab chiqarishda hisobga olinadigan bir nechta standartlar mavjuddir. Bu standartlar (form factor) plataning fizik ko‘rsatkichlarini va plata o‘rnatilishi kerak bo‘lgan g‘ilofning turini belgilaydi. Quyida tizimli plataning nisbatan keng tarqalgan standartlari keltirilgan.
Eskirgan standartlar quyidagilar:
Baby-AT;
AT to‘liq o‘lchamli platasi;
LPX;
WTX (hozirgi vaqtda ishlab chiqarilmaydi);
ITX (flex-ATX ning turlaridan biri, ishlab chiqarilmagan).
Zamonaviy standartlar quyidagilar:
ATX;
Micro-ATX;
Flex-ATX;
Mini-ITX (flex-ATX ning turlaridan biri);
NLX.
Hozirgi vaqtda ko‘pchilik yangi tizimlar uchun tizimli platal arning keng tarqalgan standartlaridan biri ATX dir. ATX tuzilishi Baby-AT va LPX standartlarining takomillashuviga olib keldi.
Kiritish-chiqarish razyomlarining joylashtirilgan ikki qavatli panelining mavjudligi. Tizim platasining orqa tarafida kengligi 6,25 va balandligi 1,75 dyuym bo‘lgan kiritish-chiqarish razyomi joylashgan soha mavjuddir. Bu soha tashqi razyomlarni bevosita plataning o‘zida joylashtirish imkonini beradi va ichki razyomlar bilan g‘ilofning orqa panelini bog‘lab turuvchi kabellarga bo‘lgan zaruratdan holi qiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|