Micro-ATX standarti. Micro-ATX tizimli platasining standarti birinchi marta Intel kompaniyasi tomonidan 1997-yilning dekabrida ATX platasining kichiklashtirilgan ko‘rinishi deb taqdim qilingan. Micro-ATX standarti ATX standarti bilan mos keladi, shuning uchun micro-ATX tizimli platani to‘liq o‘lchamli ATX g‘ilofida foydalanish imkonini beradi. Micro-ATX va ATX standarti tizimli platalarining asosiy farqlari quyidagilar:
305 mm (12 dyuym) yoki 284 mm (11,2 dyuym) o‘rniga kengligi 244 mm (9,6 dyuym) gacha kichiklashtirilgan;
razyomlar soni kamaytirilgan;
kichiklashtirilgan ta’minot bloki (SFX/TFX form-faktori).
Elektr ta’minoti bloki
Ketma-ket va parallel razyomlar,
VSB shinasi klaviatura, tovush
kartasi razyomi
Protsessor ATX tizimi platasi
2.4-rasm. ATX tizimli plata.
Tizimli plata Protsessor ta’minotirazyom
razyomi qismi Xotira moduli razyomi
Orqa panel razyomi
Qattiq va egiluvchan magnit
disk jamlagichlar razyomi
AGP razyomi
PCI razyomi
2.5-rasm. Micro-ATX standartli tizimli plata.
To‘liq o‘lchamli ATX platasining (12×9,6 dyuym yoki 305×244 mm) o‘lchami yoki mini-ATX (11,2×8,2 dyuym yoki 284×208 mm) o‘lchamiga nisbatan micro-ATX standartili tizimli plataning maksimal o‘lchami 9,6×9,6 dyuymgacha (244×244 mm) bo‘ladi.
Micro-ATX tizimi uchun SFX/TFX nomini olgan ta’minot bloki ishlab chiqarilgan.
Micro-ATX bilan ATX ning mos tushishi quyidagilarni bildiradi:
bir xil – 20 kontaktli ta’minot razyomidan foydalanishni;
kiritish-chiqarish razyomlarining standart joylashganligini;
mahkamlash vintlarining bir xil joylashganligini.
Micro-ATX standartli plata asosida yaratilgan tizim quyidagi o‘lchamlarga ega: balandligi 304,8 yoki 355,6 mm (12 yoki 14 dyuym), kengligi 177,8 mm (7 dyuym), uzunligi 304,8 mm (12 dyuym) va micro-tower yoki desktop sinfiga mansub bo‘lgan g‘ilofga mos keladi. Micro-ATX tizimli plata 2.5-rasmda ko‘rsatilgan.
|