Tizimli plata janubiy ko‘priklar vazifasi




Download 472,07 Kb.
bet19/131
Sana13.05.2024
Hajmi472,07 Kb.
#230223
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   131
Bog'liq
Apparat va dasturiy-www.hozir.org

Tizimli plata janubiy ko‘priklar vazifasi.



Tizimli plataga o'rnatilgan asosiy komponentlar quyidagilar
Tizim platasi yoki asosiy Plata (inglizcha motherboard, MB, shuningdek, inglizcha mainboard — bosh Plata; ona Plata atamasiga o'xshash) — murakkab ko'p qatlamli bosma Plata bo'lib, unga shaxsiy kompyuterning asosiy. komponentlari (markaziy protsessor, OXQ va uning kontrollyori, yuklanuvchi doimiy xotira qurilmasi (YDXQ), kiritish-chiqarish bazaviy interfeyslarining nazoratchilari) ulanadi. Tizimli Plata qo'shimcha kontrollerlarni ulashga imkon beruvchi razyomlarga ega. Odatda, qo'shimcha kontrollyorlarni ulash uchun USB, PCI va PCIExpress shinalaridan foydalaniladi.Tizimli plataga o'rnatilgan asosiy komponentlar quyidagilar (3.1-rasm):
— Markaziy protsessor.
— Tizimli mantiqlar to'plami (ingl. chipset) — markaziy protsessor qurilmasini (MP Q) OXQ va periferik qurilmalar kontrollerlariga ulash imkonini beruvchi mikrosxemalar to'plami. Odatda, zamonaviy tizimli mantiqlar to'plamlari ikkita yuqori kattalikdagi integral sxemalar (YKIS): „shimoliy" va „janubiy" ko'priklar asosida quriladi.
— Shimoliy ko'prik (ingl. Northbridge), MCH (Memory contmller hub), tizim kontrolleri MPQ ni yuqori unumdorlikda ishlovchi shinalardan foydalanuvchi tugunlarga (OXQ, grafik kontroller) ulash imkonini yaratadi.
MPQ ni tizim kontrolleriga ulash uchun FSB-shinaIar ishlatilishi mumkin, masalan, Hyper-Transport va SCI.
Odatda, tizim kontrolleriga OXQ ulanadi. Bu holda u o'z
ichiga xotira kontrollerini oladi. Shunday qilib, OXQ ning maksimal hajmi va shaxsiy kompyuter shinasi xotirasi o'tkazuvchanlik xususiyati qo'llanilayotgan tizim kontrolleriga bog'liq.
Lekin, hozirda OXQ ni bevosita MPQ ga joylashtirilmoqda (masalan, AMD K8 va Intel Core i7 protsessorlarida xotira kontrolleri uning o'zida joylashtirilgan), bu esa tizim kontrollyori funksiyalarini soddalashtiradi va issiqlik ajralishini kamaytiradi.
Grafik kontrollerni zamonaviy tizim platalariga ulash shinasi sifatida PCI Express dan foydalaniladi. Bunday maqsadlar uchun awal umumiy shinalardan (ISA, VLB, PCI) va AGP shinasidan foydalanilgan.
— Janubiy ko'prik (ingl. Southbridge), ICH (1/0 controller hub), periferik kontroller — periferik qurilmalar (qattiq disk, Ethernet, audio) kontrollerlarini, periferik qurilmalarni ulash shinalari kontrollerlarini (PCI, PCI-Express va USB shinalari), shuningdek, yuqori o'tkazuvchanlik talab etmaydigan qurilmalar shinalari kontrollerlari (LPC — yuklanuvchi periferik xotira qurilmasini ulash uchun ishlatiladi; multikontrollerni ulash uchun qo'llanuvchi LPC shina (ingl. Super 1/0) — „eskirgan” past ma'lumotlar uzatish interfeyslarini qo'llashga imkon beruvchi mikrosxemalar: ketma-ket va parallel interfeyslar, klaviatura va „sichqoncha" kontrollerlari).
Odatda, shimoliy va janubiy ko'priklar alohida YUKIS sifatida joriy etiladi, shu bilan birga bir chipli yechimlar ham mavjud. Tizimli mantiq to'plami tizim platasining muhim qismlarini aniqlashtirish va ularga qaysi qurilmalar ulanishi lozimligini aniqlaydi.
— Operativ xotira (OX) yoki OXQ deganda informatikada kompyuter xotirasining protsessor bir operatsiya (jump, move va h.k.) uchun murojaat qilishi mumkin bo'lgan qismi sifatida tushuniladi. OX operatsiyalar bajarish uchun protsessorga kerakli ma'lumotlar va komandalarni vaqtinchalik saqlash uchun ishlatiladi. Operativ xotira protsessorga ma'lumotlarni bevosita, yoki kesh-xotira orqali uzatish uchun ishlatiladi. Operativ xotiraning har bir yacheykasi o'zining individual adresiga ega. OXQ alohida blok sifatida ishlab chiqarilishi yoki bir kristalli kompyuter yoki mikrokontroller konstruksiyasiga kirishi mumkin.
Yuklanuvchi doimiy xotira qurilmasi (DXQ) manbaga ulangandan keyin ishlaydigan dasturiy ta 'minotni (DT) o'z ichiga oladi. Odatda, yuklanuvchi DXQ BIOS ni o'z ichiga oladi, lekin EFI doirasida ishlovchi DTni ham o'z ichiga oladi.
Agar tizimli blok yon tarafdan ochilsa, awalo asosiy płatani ko'rish mumkin. Uning ustida protsessor joylashgan (radiator ostida ventilator bilan), xotira o'rnatiladi, qo'shimcha tugunlarni ulash uchun razyomlar mavjud (video va ovoz platasi), ularga ulovchi kabellar ulanadi (SD va vinchesterlar). Bulardan tashqari, asosiy platada chipset (tizimli mantiq to'plami) joylashgan. Chipset barcha tugunlarning o'zaro muloqotini amalga oshiradi va bir qator ikkinchi darajali manba funksiyasini bajaradi. Ko'pgina hollarda asosiy platada tarmoq kontrolleri joylashadi (tarmoq yoki BIOS mikrosxemalari joylashtirilishi Internet biłan ishlash uchun).
Shuningdek, tizimli platada ovoz yoki videoadapterlar ham bo'lishi mumkin.
Tizimli płata ham protsessorlar kabi murakkab tuzilmaga ega qurilma bo'lib, uning yaratilishida ilmiy va muhandislik sohasining eng so'nggi yutuqlari qo'llaniladi. Asosiy plataning asosiy vazifasi — kompyuterning barcha qurilmalarining yagona qurilma, tizim sifatida shakllanishiga imkon yaratish. Asosiy platada aniq vazifalarni bajaruvchi turli kontrollerlar va DXQ o'rnatiladi. Lekin xohishga ko'ra, ishlab chiqarishda ishlatiladigan kompyuterlardagi kabi turli kontrollerlar va DXQ kengaytma platalariga chiqarilishi mumkin. 3.1-rasmda tizimli płata va uning komponentlari tasvirlangan.
Markaziy protsessor qurilmasini (MPQ) tizim kontrolleriga ulash uchun Hyper-Transport i SCI kabi FSB shinalar ishlatiladi.
Odatda, tizim kontrolleriga OXQ ulanadi. Bu hołda u o'z ichiga xotira kontrollerini oladi. Shunday qilib, OXQ sining maksimal hajmi hamda shaxsiy kompyuter shinasining o'tkazuvchanlik darajasi qo'llanilgan tizim kontrolleriga bog'liq. Hozirda, OXQ kontrollerini to'g'ridan to'g'ri MXQ ga o'rnatish tendensiyasi odat bo'lmoqda (masalan, AMD 148 va Intel Core i7 protsessorlariga xotira kontrolleri to'g'ridan to'g'ri o'rnatilgan). Bu esa tizim kontrolleri funksiyasini soddalashtiradi va issiqlik ajralib chiqishini kamaytiradi.
Grafik kontrollerni zamÓnaviy platalarga ulashda shina sifatida PCI Express dan foydalaniladi. Avval esa bunday maqsad uchun, (ISA, V LB, PCI) umumiy shinalardan va AGP shinadan foydalanilgan edi.
  1. 1-rasm. Tizimli plataning asosiy komponentlari.


Nazorat savollari


  1. Tizimli Plata qanday komponentlardan tashkil topgan?


  2. Tizimli plataning shimoliy ko'prigi qanday maqsadlar uchun mo'ljallangan?


  3. Tizimli plataning janubiy ko'prigi qanday maqsadlar uchun mo'ljallangan?


  4. Tizimli platani o'rnatish haqida ma'lumot bering.


  5. Shinalarning qanday turlarini bilasiz?


  6. Parallel va ketma-ket portlarning qo'llanilish maqsadlari haqida nimalar bilasiz?






Download 472,07 Kb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   131




Download 472,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tizimli plata janubiy ko‘priklar vazifasi

Download 472,07 Kb.