O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi




Download 472,07 Kb.
bet27/131
Sana13.05.2024
Hajmi472,07 Kb.
#230223
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   131
Bog'liq
Apparat va dasturiy-www.hozir.org

4.bob.Protsessor
4.1.Mavzu-Protsessorlar arxitekturasi.


Reja:


  1. Protsessorlar va ularning arxitekturalari


  2. Mikroprotsessor arxitekturasi


  3. Zamonaviy DSP

Protsessorlar va ularning arxitekturalari

Kompyuterning tuzilishi — kompyuter komponentlarining tarkibi, ular orasida bajariladigan harakatlar tartibi va tamoyillarini belgilab beruvchi muayyan modeldir.


Mikroprotsessor (M P) — bu kompyuterning markaziy qurilmasi bo'lib, mashinaning barcha bloklari bajaradigan ishlarni boshqarish hamda axborot bilan arifmetik va mantiqiy operatsiyalar bajarish uchun mo'ljallangan (4. I -rasm).

4. l-rasm. Kompyuter protsessorlari.


Mikroprotsessor tarkibiga quyidagilar kiradi:
boshqaruv qurilmasi (BQ) oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari va ayni fursatda bajarilayotgan operatsiyadan kelib chiqadigan muayyan boshqaruv signallarini (boshqaruv impulslarini) shakllantirib, mashinaning barcha bloklariga zaruriy fursatlarda uzatib beradi; bajarilayotgan operatsiyada foydalaniladigan xotira uyalarining manzillarini shakllantirib, ularni kompyuterning tegishli bloklariga uzatadi; mazkur boshqaruv qurilmasi impulslarning asosiy izchilligini taktli impulslar generatoridan oladi;
— arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) — sonli va belgili
axborot bilan bajariladigan barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan (ShKning ayrim modellarida operatsiyalar ijrosini jadallashtirish uchun AMQga qo'shimcha matematik soprotsessor ulanadi);
36
— mikroprotsessor xotirasi (MPX) — mashina ishining bevosita taktlarida bajarilayotgan hisob ishlarida qo'llaniladigan axborotni qisqa muddatga yozib Olish va aks ettirish (uzatish) uchun xizmat qiladi. Negaki, asosiy xotira qurilmasi (AXQ) doim ham tez ishlovchi mikroprotsessor samarali ishlashi uchun zarur bo'ladigan axborot yozish, qidirish va hisoblab chiqarish tezligini ta'minlay olmaydi;
— registrlar — uzunligi turlicha bo'la oladigan tez ishlovchi xotira xonalari (standart uzunligi I bayt ga teng va ish tezligi ancha past bo'lgan AXQ uyalaridan farq qiladi);
— mikroprotsessorning interfeys tizimi — ShKning boshqa qurilmalari bilan ulanib, aloqa bog'lashni ta'minlaydi; o'z ichiga MPning ichki interfeysi va xotirada saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritish-chiqarish portlari (KChP) va tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi; interfeys (ingl. interface) — kompyuterda mavjud qurilmalarni o'zaro ulab, ular o'rtasida aloqa bog'lash va birgalikda ishlashni ta'minlash uchun mo'ljallangan vositalar majmui; kiritish-chiqarish porti (ingl. 1/0 — Input/Output port) — mikroprotsessorga ShKning boshqa qurilmasini bog'lash imkonini beruvchi ulash apparati.
Mikroprotsessor, boshqacha nomi — markaziy protsessor (MzP). Markaziy protsessor (CPU, ingl. Central Processing Unit) kompyuterning dastur tomonidan berilgan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajaradigan asosiy ish komponenti bo'lib, hisoblash jarayonini boshqaradi va kompyuterda mavjud barcha qurilmalar ishini muvofiqlashtiradi.
Aksariyat hollarda MzP o'z ichiga quyidagilarni mujassam etadi:
— arifmetik-mantiqiy qurilmani;
— ma'lumotlar shinalari va manzillar shinalarini;
— registrlarni;
— komandalar hisoblagichini;
— kesh — kichik hajmli (virtual) łezkor xotira (8 dan 512 Kbaytgacha) qurilmasini;
— nuqtasi o'zgaruvchan sonlarning matematik soprotsessorini.
Zamonaviy protsessorlar mikroprotsessorlar ko'rinishida tayyorlanadi. Mikroprotsessor integral sxema ko'rinishidan iborat, ya'ni u umumiy maydoni atigi bir necha kvadrat millimetr keladigan to'g'ri burchak shaklga ega kristall holatdagi kremniyning yupqa plastinkasi ko'rinishida tayyorlangan bo'lib, ustiga protsessorning barcha ishlarini bajaradigan sxemalar (qoliplar) joylashtirilgan. Ushbu kristallplastinka, odatda, plastmassa yoki sopoldan tayyorlangan yassi korpusga joylanib, kompyuterning tizim platasiga ulash imkoni bo'lishi uchun metal] oyoqchalariga ega tilla simlar bilan ulanadi.
Hisoblash tizimida parallel ishlaydigan bir nechta protsessorlar bo'lishi mumkin. Bunday tizimlar ko'p protsessorli tizimlar deb ataladi.
Eng birinchi MP-4004 rusumli mikroprotsessor 1971yilda Intel firmasi (AQSH) tomonidan ishlab chiqarilgan. Bugungi kunda mikroprotsessorlarning bir necha yuzlab turi tayyorlanadi, biroq ular orasida Intel va AMD firmalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mikroprotsessorlar eng ko'p tarqalgan mikroprotsessorlar deb e'tirof etilmoqda.


Download 472,07 Kb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   131




Download 472,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi

Download 472,07 Kb.