|
Ichki tashkiliy ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi
|
bet | 25/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgIchki tashkiliy ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
Jismoniy disklar soni yoki ma’lumotlarni saqlash uchun foydalaniladigan ishchi yuzalari (data surface). Balandligi katta bo‘lmagan zamonaviy jamlagichlar o‘qish/yozish moslamasi blokini engillashtirish uchun kam sonli (1–3) disklarga ega.
O‘qish/yozish jismoniy kallaklarining soni (read/ write head) ishchi yuzalar soni bilan mos keladi. O‘qish/yozish moslamasi va ishchi yuzalar soni ikkilangan disklar sonidan ham kam bo‘lishi mumkin. Silindrlarning jismoniy soni dastlabki vinchesterlar uchun bir necha yuzdan o‘n minggacha ortdi. Sektor o‘lchami (bytes per sector) odatda 512 baytni tashkil etadi. Trekdagi sektorlar soni (bytes per sector) chetdagi zonalardan taShKil topgan.
Servobelgining joylashuvi. Ular belgilangan yuzada joylashgan bo‘lishi mumkin, ishchi yuzaga o‘rnatiladi yoki joylashuvning gibrid variantiga ega.
Tezlik va unumdorlik quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
Qo‘shni trekga o‘tish vaqti (track-to-track sek) millisekundlarda o‘lchanadi va holatga o‘tish tizimi tezligini tavsiflaydi. Zamonaviy qattiq disklar uchun o‘tish vaqti 0,5–2 ms ga teng. Yozish uchun o‘tish vaqti o‘qish uchun belgilangan o‘tish vaqtdan bir necha marotaba kattadir (yanada aniq holatga o‘tishda yozish maqsadga muvofiq). Qidiruvning o‘rtacha vaqti (average seek time) tasodifiy silindrga murojaatlar seriyasi bo‘yicha aniqlanadi. 10000 ayl/min (10K deb belgilanadi) tezlikli vinchesterlar uchun qidiruv vaqti o‘tishning uzoqliligiga bog‘liq holda 0,3 ms (qo‘shni trekga) dan 12 ms (u chekkasidan bu chekkasigacha) gacha tashkil etadi. Jamlagichning hajmi qancha katta bo‘lsa, shuncha kam qidiruv vaqtiga erishish murakkab bo‘ladi: ko‘p sonli o‘qish/yozish moslamalarini tez ko‘chirish qiyinroq; silindrlarning ko‘p sonli bo‘lishi yo kallaklarni ko‘chirish uzunligini kattalashtiradi, yoki holatga o‘tish aniqligiga bo‘lgan talablarni oshiradi.
Nazorat savollari
Tizimli Plata qanday komponentlardan tashkil topgan?
Tizimli plataning shimoliy ko'prigi qanday maqsadlar uchun mo'ljallangan?
Tizimli plataning janubiy ko'prigi qanday maqsadlar uchun mo'ljallangan?
Tizimli platani o'rnatish haqida ma'lumot bering.
Shinalarning qanday turlarini bilasiz?
|
| |