3.3.Mavzu-Parallel va ketma-ket portlarni sozlash
Reja:
Parallel portlarni sozlash
Ketma-ket portlarni sozlash
Parallel va ketma-ket portlarni sozlash
Ketma-ket port, ingl. serial port (jumladan, seriyali port yoki COM-port, ingl. communicaiions port) — ikki yo'nalishli ketma-ket interfeysdir.
Mazkur portning ketma-ket deyilishiga sabab, u orqali informatsiyaning bir bitdan ketma-ket uzatilishidir. Kompyuter interfeyslaridan Ethernet, FireWire va USB-portlarda ham 3.4-rasm. Asosiy platani o'rnatish. ketma-ket almashinuv usuli qo'llanilsa-da, „ketma-ket port” tushuncha deyilganda, odatda, RS-232C standartli port tushuniladi.
Boshqa „ketma-ket texnologiyalar", masalan, X.25, USB yoki Ethernet, „paket” tushunchasiga asoslangan va bunda bir paketning barcha bitlari orasida vaqt bo'yicha qat'iy talablar qo'yiladi. Shu sababli, Cisco IOS nomlanishida mazkur port sinxron serialdan farqli tarzda async deb ataladi.
Kompyuterning tashqi portlari.
Printerning IBM-PC uchun DB-25 parallel porti.
Parallel port — turli periferik qurilmalarni kompyuterlarga ulash uchun yaratilgan interfeys turi (3.7-rasm). Hisoblash texnikasida parallel port parallel ulashning fizik joriy etilishidir. Bunday port printer porti yoki port Centronics deb aytiladi. IEEE 1284 standarti ikki yo'nalishli port variantidir, ya'ni bir vaqtda ma'lumotlar bitlarini uzatish va qabul qilishga imkon beradi.
Parallel portlar tashqi qurilmalar va mikroprotsessor o'rtasida ma'lumot almashuvi uchun mo'ljallangan bo'lib, tashqi qurilma sifatida boshqa kompyuter ham ishlatilishi mumkin. Parallel portlar tashqi qurilmaning past ishlash tezligi va mikroprotsessor tizimli shinasining yuqori ishlash tezligini moslashtirish imkoniyatini yaratadi. Jumladan, tashqi qurilma sifatida istalgan boshqaruv obyekti yoki axborot manbayi qaralishi mumkin (turli tugmalar, datchiklar, qabul qiluvchi qurilmalar mikrosxemalari, chastotalar, qo'shimcha xotira, dvigatellar, relelar va h.k.). Ma'lumotlarni uzatishning yo'nalishiga qarab, parallel portlar kiritish, chiqarish yoki kiritishchiqarish portlari deyiladi.
Nazorat savollari
Tizimli platani o'rnatish haqida ma'lumot bering.
Shinalarning qanday turlarini bilasiz?
Portlar haqida tushincha bering?
Parallel portlarning qo'llanilish maqsadlari haqida nimalar bilasiz?
Ketma-ket portlarning qo'llanilish maqsadlari haqida nimalar bilasiz?
|