|
Qattiq disklardagi jamlagichlarning asosiy komponentlari va ko‘rsatkichlari
|
bet | 24/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgQattiq disklardagi jamlagichlarning asosiy komponentlari va ko‘rsatkichlari.
Qattiq disklardagi jamlagichlarning ko‘plab har xil turlari mavjud, lekin deyarli ularning hammasi bir xil asosiy bog‘lamalardan tashkil topgan. Bu bog‘lamalarning konstruksiyasi, shuningdek, qo‘llanilayotgan materiallar sifati turli xil bo‘lishi mumkin, lekin ularning asosiy ishchi tavsiflari va ishlash tamoyillari bir xil.
Qattiq disklardagi jamlagichlar tipik konstruksiyasining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi:
disklar;
o‘qish/yozish moslamalari;
kallak uzatmasi mexanizmi;
disk uzatmasi dvigateli;
boshqaruv sxemali bosma plata;
razyom va kabellar;
konfiguratsiya elementlari.
Odatda, disklar uzatmasi dvigateli, kallaklar va kallaklar uzatmasi mexanizmi HAD (head disk assembly – disklar va kallaklar bloki) deb nomlangan germetik g‘ilofda joylashadi. Bu blok yagona bog‘lamadek qaralib, uni hech qachon ochishmaydi. HAD blokiga kirmaydigan boshqa bog‘lamalar (bosma plata, old panel, konfiguratsiya elementlari va montaj detallari) yechiladigan hisoblanadi. Qattiq disk ko‘rsatkichini umumiy ko‘rsatkichlarga, ichki tashkiliy ko‘rsatkichlarga, tezlik va unumdorlik ko‘rsatkichlariga ajratish mumkin.
Umumiy ko‘rsatkichlarga quyidagi ko‘rsatkichlar kiradi:
Formatlangan sig‘im (formatted capacity) Gigabayt (Megabayt) o‘lchanadi va saqlangan foydali axborotning hajmini, ya’ni barcha foydalaniladigan sektorlarning ma’lumotlar maydoni yig‘indisini ifodalaydi.
Formatlangan va formatlanmagan sig‘imlarning o‘zaro nisbati trek formati (sektor o‘lchami) bilan aniqlanadi. Amalda faqat disk sektorining standart o‘lchami (512 bayt) uchun ko‘rsatiladigan formatlangan sig‘im qiziqtiradi, ba’zida esa foydalaniladigan sektorlar soni ko‘rsatiladi.
Keng qo‘llanilgan qattiq disklar uchun bir necha yillar oldin 3600 ayl/min qiymati standart bo‘lgan; hozir odatiy tezlik 4500 va 5400 ayl/min, yanada yuqorisi esa 7200 ayl/min hisoblanadi. Unumdorligi juda muhim bo‘lgan joylarda 10000 va 15000 ayl/min tezlikdagi disklardan foydalaniladi. Interfeys (interface) jamlagichning ulanish usulini ifodalaydi.
Joylashtirilgan kontrollerli jamlagichlar uchun ATA va SSSI
(parallel va ketma-ket) interfeyslar tarqalgan, tashqi qurilmalar uchun USB, firewire va fibre channel shinalaridan hamda LPT-portga ulanishdan foydalaniladi.
|
| |