• Ichki tashkiliy ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi: Tizim plataning standartlari va ularni o‘rnatish
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi




    Download 472,07 Kb.
    bet20/131
    Sana13.05.2024
    Hajmi472,07 Kb.
    #230223
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   131
    Bog'liq
    Apparat va dasturiy-www.hozir.org

    3.2.Mavzu-Tizimli platani o‘rna-tish.
    Reja


    1. Tizim plataning standartlari va ularni o‘rnatish


    2. Doimiy xotiralar (qattiq magnitli disklar).


    3. Qattiq disklardagi jamlagichlarning asosiy komponentlari va ko‘rsatkichlari.


    4. Ichki tashkiliy ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:



    Tizim plataning standartlari va ularni o‘rnatish
    Hozirgi vaqtda ko‘pchilik yangi tizimlar uchun tizimli platalarning keng tarqalgan standartlaridan biri ATX dir. ATX tuzilishi Baby-AT va LPX standartlarining takomillashuviga olib keldi. Kiritishchiqarish razyomlarining joylashtirilgan ikki qavatli panelining mavjudligi. Tizim platasining orqa tarafida kengligi 6,25 va balandligi 1,75 dyuym bo‘lgan kiritish-chiqarish razyomi joylashgan soha mavjuddir. Bu soha tashqi razyomlarni bevosita plataning o‘zida joylashtirish imkonini beradi va ichki razyomlar bilan g‘ilofning orqa panelini bog‘lab turuvchi kabellarga bo‘lgan zaruratdan holi qiladi.

    Elektr ta’minot manbayining bir kalitli ichki razyomining mavjudligi. ATX spesifikatsiyasi tarkibida elektr ta’minot manbayining osonlik bilan o‘rnatiladigan va noto‘g‘ri o‘rnatish mumkin bo‘lmagan bir kalitli razyomi mavjuddir. Bu razyom tizim platasiga 3,3V kuchlanishni yetkazib beruvchi kontaktlarga ega. ATX spesifikatsiyasiga yordamchi quvvat (3,3 va 5V) razyomlari nomini olgan ikkita qo‘shimcha ta’minot razyomi va elektr energiyani noyob spesifikatsiyaga qaraganda katta miqdorda iste’mol qiladigan tizimlarda qo‘llaniladigan ATX 12V razyomi kiritilgan.


    Protsessor va xotira modulining siljishi. Protsessor va xotira moduli elektr ta’minot manbayi yonida joylashgan va bitta ventilator yordamida sovutiladi. Bu o‘z o‘rnida protsessor uchun maxsus ventilatordan foydalanishga ehtiyoj qoldirmaydi. Katta passiv issiqlik qaytargich uchun ham joy bor. Protsessorni va issiqlik qaytargichni o‘rnatish uchun ajratilgan joyning balandligi taxminan 70 mm (2,8 dyuym) dir.
    Kiritish-chiqarish ichki razyomlarining joylashuvi. Bu razyomlar egiluvchan va qattiq diskli jamlagichlar uchun bo‘lib, jamlagichlar ichki kabellarining uzunligini kamaytirish uchun shu jamlagichlarning yonida joylashgan bo‘ladi.
    Yaxshilangan sovutish tizimi. Protsessor va xotira qurilmasining konstruksiyasi joylashtirilishi shunday amalga oshirilganki, u butun tizimni maksimal sovutish imkonini beradi. ATX spesifikatsiyasida g‘ilof ichida havoning bosimini kamaytirishga olib keladigan purkash kabi ishlaydigan ventilator afzal ko‘rilgan. Ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar ATX ta’minot blokini tizimdan havoni so‘rib oluvchi ventilator bilan birgalikda ishlab chiqaradilar, ya’ni manfiy bosimli konstruksiyani taklif qiladilar.
    ATX konstruksiyasida bitta yagona ta’minot razyomi ishlatiladi. Diskli jamlagichlarning ichki kabellarini qisqartirish mumkin. Buning hammasi sezilarli darajada nafaqat tizimli plataning, balki g‘ilof va elektr ta’minotining ham narxini pasaytiradi. Amalda tizimli plata disk yurituvchilarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan bo‘laklar bilan to‘silib qolmaydi. Bu o‘z o‘rnida tizimning turli xil komponentlaridan va shina razyomlaridan erkin foydalanishni ta’minlaydi. Kengaytirish razyomlari nisbatan kalta tarafi bilan parallel joylashgan bo‘lib, protsessor, xotira razyomlarining qismiga va kiritish-chiqarish razyomlariga halaqit bermaydi.
    Mini -ATX sxemasi ham xuddi shunday g‘ilofga joylashtiriladi: –ATX platasi 305×244 mm (12×9,6 dyuym) o‘lchovlarga ega; – mini – ATX platasi – 284×208 mm (11,2×8,2 dyuym).
    Micro-ATX standarti. Micro -ATX tizimli platasining standarti birinchi marta Intel kompaniyasi tomonidan 1997-yilning dekabrida ATX platasining kichiklashtirilgan ko‘rinishi deb taqdim qilingan. MicroATX standarti ATX standarti bilan mos keladi, shuning uchun Micro-ATX tizimli platani to‘liq o‘lchamli ATX g‘ilofida foydalanish imkonini beradi.
    -ATX va ATX standarti tizimli platalarining asosiy farqlari quyidagilar:
    –305 mm (12 dyuym) yoki 284 mm (11,2 dyuym) o‘rniga kengligi 244 mm (9,6 dyuym) gacha kichiklashtirilgan;
    –razyomlar soni kamaytirilgan;
    –kichiklashtirilgan ta’minot bloki (SFX/TFX form-factory).

    Download 472,07 Kb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   131




    Download 472,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi

    Download 472,07 Kb.