|
Xotirani o‘rnatish bilan bog‘langan qo‘shimcha xotirani o‘rnatish va chegaralash
|
bet | 32/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgXotirani o‘rnatish bilan bog‘langan qo‘shimcha xotirani o‘rnatish va chegaralash.
Operativ xotira ko’rinishi va plataga(materinskiy plata, motherboard) ulanishi bo’yicha bir necha turlarga bo’linadi. Hozirgi zamon operativ xotiralar DDR1, DDR2, DDR3 turlarga bo’linadi. Soni kottasi yangirog’i hisoblanadi. DDR1 eskiroq hisoblanadi va bu turi hozirda kamdan kam foydalanuvchilarda mavjud bo’lib, kam bo’lgani sababli qimmatroqdir. Maksimal ishlash chastotasi 400 MGS gachadir. DDR2 keng tarqalgan turi hisoblanadi. Maksimal chastotasi 800 MGS gacha. DDR3 zamonaviy, yangi chiqgan operativ xotira turi hisoblanadi. Maksimal ishlash chastotasi 1800 MGS gacha. Har bir operativ xotira turi o’zining platasiga ega, ya’ni platadagi slot faqat bir turdagi operativ xotirani qabul qiladi. Misol uchun, DDR1 uchun mo’ljallangan plataga DDR2 ni o’rnatib bo’lmaydi. Chunki har bir operativ xotira turi o’zgacha ulanish tishlariga ega. O’lchami bir xil bo’lishi mumkin lekin tishlari o’rtasida farq bor. Ularni ajrata olmay kuch ishlatib operativ xotirani ham platani ham buzib qo’ymang. Muhim ma’lumotlardan biri shuki, plata shinasini ham operativ xotrani ulashda e’tiborga olish, uning chastotasini ham bilib qo’yish zarur. Bu ma’lumotni siz kompyuter platasi xujjatidan topishingiz mumkin. Misol uchun, agar siz 800 MGS da ishlaydigan DDR2 operativ xotirasini 533MGS shinada ishlaydigan plataga ulasangiz, operativ xotirangiz ham 533 MGS da ishlaydi. Siz 800 MGS da ishlash shunaqa sekin bo’lar ekan deb yuraverasiz. Ya’na bir muhim ma’lumot. Agar siz har xil chastotada ishlaydigan 2 ta operativ xotirani bir plataga ulasangiz, umumiy ishlash chastotasi kichik bo’lgan chastota bilan bog’liq bo’ladi. Misol uchun 1000 MGS va 600 MGS chastotada ishlaydigan operativ xotirani bitta plataga uladingiz, shunda operativ xotira 600 MGS chastota bilan ishlaydi.
Nazorat savollari
5.2.Mavzusi-Tezkor xotira mikrosxemasi parametrlari va tizimli plata tizim parametrlariga bog‘liq xolda o‘rnatish xususiyatlari
Reja:
|
| |