|
Qattiq disk qurilmasi va uning asosiy xususiyatlari
|
bet | 35/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgQattiq disk qurilmasi va uning asosiy xususiyatlari.
Tezlik va unumdorlik quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
Qattiq disklardagi jamlagichlarning ishlash tamoyili
Qattiq disk qurilmasi va uning asosiy xususiyatlari
Qattiq magnit disklardagi jamlagich (QMDJ) yoki vinchester hamda HDD (Hard Disk Drive) kompyuterlar diskli xotirasining asosiy qurilmasi hisoblanadi. Protsessor va tezkor xotira bilan birgalikda vinchester kompyuterning quvvatini belgilaydi. Undan katta hajmli (o‘nlab va yuzlab Gigabayt) axborotni saqlash, kam vaqtda ega bo‘lish (millisekund birliklar), ma’lumotlarni uzatishning katta tezligi (sekundiga o‘nlab-yuzlab megabayt), yuqori ishonchlilik, o‘rtamiyona narxlar va bir qator foydali xususiyatlar talab qilinadi.
Egiluvchan disklardan (disketa) farqli ravishda, ularni bukib bo‘lmaydi, shuning uchun qattiq disk nomi kelib chiqqan. Ko‘pchilik qurilmalarda ular yechilmaydigan bo‘ladi, shuning uchun ham ba’zida bunday jamlagichlarni qayd qilingan (fixed disk) jamlagichlar deb ataladi.
Qattiq disklardagi jamlagichlarning asosiy komponentlari va ko‘rsatkichlari
Qattiq disklardagi jamlagichlarning ko‘plab har xil turlari mavjud, lekin deyarli ularning hammasi bir xil asosiy bog‘lamalardan tashkil topgan. Bu bog‘lamalarning konstruksiyasi, shuningdek, qo‘llanilayotgan materiallar sifati turli xil bo‘lishi mumkin, lekin ularning asosiy ishchi tavsiflari va ishlash tamoyillari bir xil.
Qattiq disklardagi jamlagichlar tipik konstruksiyasining asosiy elementlariga (3.1-rasm) quyidagilar kiradi:
disklar;
o‘qish/yozish moslamalari;
kallak uzatmasi mexanizmi;
disk uzatmasi dvigateli;
boshqaruv sxemali bosma plata;
G‘ilofning yuqori qismi
3.1-rasm. Qattiq diskdagi jamlagichlarning asosiy bog‘lamalari.
Odatda, disklar disklar uzatmasi dvigateli, kallaklar va kallaklar uzatmasi mexanizmi hda (Head Disk Assembly – disklar va kallaklar bloki) deb nomlangan germetik g‘ilofda joylashadi. Bu blok yagona bog‘lamadek qaralib, uni hech qachon ochishmaydi. HDA blokiga kirmaydigan boshqa bog‘lamalar (bosma plata, old panel, konfiguratsiya elementlari va montaj detallari) yechiladigan hisoblanadi.
Qattiq disk ko‘rsatkichini umumiy ko‘rsatkichlarga, ichki tashkiliy ko‘rsatkichlarga, tezlik va unumdorlik ko‘rsatkichlariga ajratish mumkin.
Umumiy ko‘rsatkichlarga quyidagi ko‘rsatkichlar kiradi:
|
| |