|
Ma’lumotlarni uzatishning tashqi tezligi
|
bet | 38/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgMa’lumotlarni uzatishning tashqi tezligi (external transfer rate) kilobayt (megabayt)larda o‘lchanib, sekundiga tashqi interfeys shinasi bo‘ylab uzatiladigan foydali ma’lumotlar, kontroller elektronikasining tez ishlashiga, almashuv ish tartibining interfeysli shina turiga bog‘liq. ATA interfeys uchun PIO Mode 0 almashuv ish tartibida tezlik 3,3 Mbayt/s, PIO Mode 4 ish tartibida – 6,6 Mbayt/s, Ultra-DMA ish tartibida – 33, 66, 100 va xattoki 133 Mbayt/s ni tashkil etadi. SCSI shinasi uchun elektrik interfeys turiga qarab cheklanish tezligi 5, 10, 20, 40, 80, 160 va xattoki 320 Mbayt/s, FibreChannel uchun esa100 va 200 Mbayt/s ni tashkil qiladi.
Davomiy unumdorlik (sustained throughput) ko‘p miqdordagi sektorlarning ketma-ket o‘qilishida aniqlanadi. Unga ichki va tashqi tezlik, holatga o‘tish vaqti, sektorga kelishning kechikishi (ushlanishi), holatga o‘tish xatolari soni va o‘qish ta’sir qiladi. Bu tezlikning minimal kafolatlangan qiymati real vaqtda multimedia ilovalari (audio va video ma’lumotlarni yozish va o‘qish) uchun jamlagichni qo‘llash imkoniyatini aniqlaydi. 5400 ayl/min aylanish chastotali vinchesterlar 15–50 Mbayt/s, 200 ayl/min aylanish chastotali – 20– 60 Mbayt/s, 10 000 ayl/min aylanish chastotali – 40–80 Mbayt/s, 15 000 ayl/min. aylanish chastotali – 40–100 Mbayt/s oqimni ko‘tara oladi. Bu tezlik har doim ichki tezlik va tashqi tezlik chegarasining maksimal qiymatidan past bo‘ladi.
Qurilmaning ishonchliligi (reliability) va saqlanayotgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi (data integrity) quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
Birinchi buzilishgacha bo‘lgan vaqtda bajarilgan ish (Power On Hours, POH) faqat qurilmaning ishlash vaqtini hisobga oladi.
O‘qishning to‘g‘rilanmaydigan xatolar ehtimolligi (nonrecoverable read errors per bits read) qayta tiklanmaydigan, lekin ESS – nazorati sxemalari tomonidan aniqlangan xatolarning vujudga kelishini baholaydi.
O‘qishning to‘g‘rilanadigan xatolar ehtimolligi (recoverable read errors per bits read) 1011 sanoqli bitlarda birlik tartibiga ega.
|
| |