• Iste’mol quvvati
  • Fizik ko‘rsatkichlari
  • Qattiq disklardagi jamlagichlarning ishlash tamoyili
  • Qattiq disklardagi jamlagichning yo‘laklari va sektorlari.
  • Qattiq disklardagi jamlagichning silindri.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi




    Download 472,07 Kb.
    bet39/131
    Sana13.05.2024
    Hajmi472,07 Kb.
    #230223
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   131
    Bog'liq
    Apparat va dasturiy-www.hozir.org

    Akustik shovqin darajasi vinchester tomonidan tarqatiladigan tovush quvvatini (sound po wer) tavsiflaydi. Qo‘llanishi oddiy bo‘lgan vinchesterlar uchun behuda aylanishidagi akustik shovqin (5400 ayl/min aylanish tezligi) 30 dB darajagacha bo‘lgani ma’qul, holatga o‘tishda u 3–4 dB dan oshmagani ma’quldir. Tabiiyki, unumliligi yuqori vinchesterlar (7200 ayl/min) ko‘proq shovqin hosil qiladilar, shuning uchun behuda aylanishidagi akustik shovqin 35 dB darajagacha bo‘lgani ma’qul.
    Iste’mol quvvati zanjirlarda +5V va +12V iste’mol qilinadigan cho‘qqi va nominal toklari bilan aniqlanadi. Zanjirda iste’mol qilish cho‘qqisi +12 V shpindel dvigateli aylanishida vujudga keladi. Agar kompyuterning elektr manba bloki bu cho‘qqini ko‘tara olmasa (masalan, bir necha vinchesterlarni bir vaqtda ishga tushirilganda) kuchlanish «o‘tirib qoladi», u holda shpindel talab etilgan vaqtda nominal tezlikka o‘ta olmaydi va uni kontroller to‘xtatadi. Motorni «yurgizishga» urinishi takrorlanishi mumkin, bu unga xos bo‘lgan tovushdan ham ma’lum. Yuqori tezlikli vinchesterlar uchun issiqlik ajratilishini hisobga olish kerak, chunki ular uchun maxsus ventilator talab etilishi mumkin.
    Fizik ko‘rsatkichlari jamlagich g‘ilofining millimetrlarda yoki dyuymlarda (inches) o‘lchanadigan kengligi (width), balandl igi (heigth), chuqurligi (depth) va kilogramm yoki funtlarda o‘lchanadigan og‘irligini (weight) o‘z ichiga oladi.
    Foydalanish va saqlash shartlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan harorat, atmosfera bosimi, namlik diapazonlarini va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan zarbalar kuchini aniqlaydi. Foydalanish shartlari (operating conditions) saqlash shartlariga (non-operating conditions) qaraganda ancha qat’iy bo‘ladi.


    1. Qattiq disklardagi jamlagichlarning ishlash tamoyili

    Qattiq disklardagi jamlagichlarda ma’lumotlar o‘qish va yozish uchun mo‘ljallangan universal moslamalar yordamida yo‘laklarga va sektorlarga (har biri 512 bayt) bo‘lingan aylanadigan magnit disklar yuzasidan o‘qiladi va shu yuzaga yoziladi (3.2-rasm).


    Odatda, jamlagichlarga bir ne cha disklar o‘rnatiladi va ma’lumotlar har bir diskning ikkala tomoniga ham yoziladi. Ko‘pchilik jamlagichl arda kamida ikkita yoki uchta disklar mavjud (bu holat 4 yoki 6 tarafiga yozish imkonini beradi), lekin 11 tagacha va undan Sektor


    3.2-rasm. Qattiq disklardagi jamlagichning yo‘laklari va sektorlari.
    Tashqi ko‘proq disklarni o‘z ichiga oluvsilindr (0)


    moslamalari umumiy o‘zakka yoki




    3.3-rasm. Qattiq disklardagi jamlagichning silindri.

    ustunga biriktirilgan. Shuning uchun o‘qish/yozish moslamalari



    chi qurilmalar ham mavjud.
    O ‘rta
    silindr Diskning hamma tarafida bir xil Ichki joylashtirilgan yo‘laklari silindrga
    Disklarsilindr birlashadi (3.3-rasm). Diskning har bir tomoni uchun o‘zining o‘qish/ yozish yo‘laklari mavjud, lekin shu bilan
    birga hamma o‘qish/yozish bir-biridan mustaqil ravishda
    aylanmaydi va faqat sinxron harakatlanadi.
    Qattiq disklarning ko‘pchilik birinchi modellarida aylanishning takrorlanish darajasi 3 600 ayl/min ni tashkil qilgan va hozirgi vaqtgacha qattiq disklar uchun deyarli standart bo‘lib hisoblangan. Ammo hozirgi kunda qattiq disklar aylanish chastotasi oshib ketdi. Hozirgi kunda ko‘pgina seriyali ishl ab chiqarilayotgan shaxsiy kom pyuterlardagi jamlagichlar disklar aylanish tezligi 5 400 ayl/ min ni tashkil etadi. Ishchi tavsifl ari yaxshilangan modellarda disklar aylanish tezligi 7 200 ayl/min gacha yetadi. 10 000 yoki 15 000 ayl/min aylanish tezligiga ega bo‘lgan jamlagichlar odatda faqat samaradorligi yuqori ishc hi stansiyalar va serverlarda qo‘llaniladi.
    Qattiq diskning normal ishlashida o‘qish/yozish moslamalari disklarga tegmaydi. Ammo elektr manbayining o‘chirilishi va diskning to‘xtatilishi bilan ular disk yuzasiga tushadi. Qurilma ishlayotgan vaqtda o‘qish/yozish moslamasi va aylanayotgan disk yuzasi orasida juda kichik havo yo‘li (havo yostig‘i) paydo bo‘ladi. Agar bu tirqishga chang tushsa yoki tebranish sodir bo‘lsa, o‘qish/yozish moslamasi «to‘liq harakatda» aylanayotgan disk bilan «to‘qnashadi». Agar zarba yetarlicha kuchli bo‘lsa, moslamaning sinishi sodir bo‘ladi. Buning oqibatida ma’lumotlarning bir necha baytlari yo‘qolishi, hatto butun jamlagich ishdan chiqishi mumkin. Shuning uchun ko‘pchilik jamlagichlarda magnit disklar yuzasi legirlanadi va maxsus moy bilan qoplanadi, bu har kungi o‘qish/yozish moslamasi «uchishi» va «qo‘nishi»ni, shuningdek, yanada jiddiy silkinishlarni qurilma ko‘tara olishiga imkon beradi.
    Magnit disklar paketlari zich yopilgan g‘ilof tarkibida bo‘lganligi va ularning ta’miri ko‘zda tutilmagani sababli ulardagi yo‘laklar zichligi juda yuqori, ya’ni bir dyuymga 96 000 dan va undan yuqori (Hitachi Travelstar 80 GH) bo‘ladi. HDA bloklari (Head Disk Assembly – disklar va o‘qish/yozish moslamasi bloki) amaliy jihatdan to‘liq sterillik holatidagi maxsus sexlarda yig‘iladi.

    Download 472,07 Kb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   131




    Download 472,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi

    Download 472,07 Kb.