|
Partition Magic dasturi yordamida yangi bo‘limlar yaratish
|
bet | 47/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgPartition Magic dasturi yordamida yangi bo‘limlar yaratish
Qattiq diskdan foydalanishning qulayligi uning barqarorligi bilan bog‘liq. Disk bir marotaba formatlanganidan so‘ng, undan uzoq vaqt mobaynida qo‘shimcha sozlashlarsiz foydalaniladi. Agar vaqt o‘tishi bilan qattiq diskning holati qoniqtirmasa, diskning ma’lumotlar zaxirasi nusxasini yaratish va uni qaytadan formatlash mumkin. Har doim ham diskni to‘liq qayta formatlashning imkoni bo‘lmaydi. Bu zaxira nusxa yaratish uchun mos keladigan jamlagichning yo‘qligi, kompyuterga «moslashib ketgan» dasturlarning ko‘pchiligini qayta o‘rnatish imkonining yo‘qligi yoki boshqa sabablar bilan bog‘liqdir.
Windows operatsion tizimining standart vositalari diskning mantiqiy tarkibini uni qayta formatlamasdan o‘zgartirish imkoniyati va mavjud ma’lumotlarni yo‘qotishlarsiz taqdim etmaydi. Biroq umuman olganda bunday operatsiyani amalga oshirish imkoni bor. Xususan bunday turdagi harakatni Partition Magic (http://www.powerquest. com/) dasturi bajarishga imkon beradi. Bu dastur o‘rnatilganidan so‘ng foydalanuvchi kompyuterning mantiqiy disklar ko‘rsatkichlari dinamik boshqaruvni qo‘lga oladi (3.8-rasm) .
3.8-rasm. Partition Magic dasturining asosiy oynasi.
Eng qulayi kerakli operatsiyalarni ustalar yordamida bajarish. Bunga oynaning chap qismida joylashgan tugmalar imkon beradi. Ular yordamida quyidagilarni bajarish mumkin:
Sozdat novыy razdel (Yangi bo‘lim yaratish). Bu usta qattiq diskda yangi bo‘lim va mantiqiy disk yaratish imkonini beradi. Bu bo‘limni tashkil qilish uchun oldin bo‘linmagan maydondan ham, boshqa mantiqiy disklar bo‘sh joyidan ham foydalanish mumkin.
Izmenit razmer razdela (Bo‘lim o‘lchamini o‘zgartirish). Mavjud bo‘lgan mantiqiy disklar va bo‘limlarning o‘lchamini o‘zgartirishga imkon beradi. Bo‘lim boshqa bir bo‘lim hisobiga yoki oldin taqsimlanmagan maydon hisobiga kattalashishi mumkin. Qattiq diskda mantiqiy disk o‘lchamining kamayishida taqsimlanmagan maydon vujudga keladi yoki uning hajmi ortadi.
|
| |