|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|
bet | 50/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.org
Ko‘p hollarda vinchester majburiy sovitishni talab qilmaydi, lekin zamonaviy vinchesterlar ishining ishonchliligini oshirish uchun germoblok va kontroller platasini sovuq shamolni puflab turadigan qo‘shimcha ventilatordan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Vinchesterning me’yorda ishlashi uning g‘ilofi harorati 50°C dan yuqori bo‘lmagan va 0°C dan past bo‘lmagan harorat ta’minlanadi. Vinchesterda nafaqat aylanayotgan disklar va dvigatel, balki vinchesterga to‘xtovsiz murojaat qiladigan boshqaruv mikrosxemalari ham 80°C dan ortiq haroratgacha qiziydi. Vinchesterning ishdan chiqishining tez uchraydigan sababi shundaki, dvigatelni boshqaruvchi mikrosxema qizib ketadi va ishdan chiqadi, ba’zida hatto mikrosxemaning plastmassa g‘ilofi ham yoriladi.
Aylanayotgan disklar qiziganda, undan magnit qatlamning mikroskopik bo‘laklari uchib ketadi, bu ko‘p sonli «yomon» sektorl arning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Z amonaviy vinchester majburiy tartibda to‘rtta kalta vintlar bilan kompyuter g‘ilofiga ishonchli mahkamlanishi kerak (3.15-rasm). Bu mexanik vibratsiya darajasini kamaytirish va vinchester germoblokini samarali sovitishga imkon beradi.
Umuman mahkamlanmagan
yoki yomon mahkamlangan vin- 3.15-rasm. G‘ilofga vinchesterni mahkamlash. ches ter nafaqat maksimal unumdorlikni ko‘rsata olmaydi, balki juda tez ishdan chiqadi.
Ikki yoki undan ko‘p vinchesterlar o‘rnatilayotganda ularni qattiq rezina qistirma orqali o‘rnatgan ma’qul, bu ishlayotgan vinchesterlarning bir-biriga ta’sir qilishini kamaytirishga imkon beradi. Vinchesterlarni o‘rnatish uchun ko‘p joyli Midi Tower tipidagi g‘iloflarda bu ko‘zda tutilgan.
Vinchesterni sovitish uchun qo‘shimcha bir necha sovitish tizimlari variantlari mavjud. Bu usullardan biri 3.16-rasmda ko‘rsatilgan.
Sovitish tizimini o‘rnatayotganda avvalo vinchester manbasi razyomiga ventilator manbayi shtekerini ulash, so‘ngra vinchesterning kontrolleri elementlariga ziyon yetkazmaslikka harakat qilib, vinchesterga sovitish bog‘lamasini ehtiyotkorlik bilan o‘rnatish kerak. Sovitish tizimi vinchesterga to‘rtta vint yordamida mahkamlanadi va g‘ilof ichidagi vinchester uchun mo‘ljallangan joyga ehtiyotkorlik bilan qo‘yiladi.
3 .16-rasm. Vinchesterga sovitish qurilmasini o‘rnatish.
Bunday tizimning asosiy kamchiligi – ikki oydan so‘ng tizimda ko‘p miqdorda to‘planadigan changdan vinchester va ventilatorni muntazam tozalash zaruratidir. Bundan tashqari, ventilatorning yomon podshipniklarida vinchesterga mexanik vibratsiyaning ortiqcha darajasi ta’siri qiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|