• Grafik protsessor.
  • Grafik protsessor. qo‘yilgan bo‘ladi. Ko‘pincha grafik protsessor videokartaning eng katta va eng issiq komponenti hisoblanadi. Videoxotira.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi




    Download 472,07 Kb.
    bet52/131
    Sana13.05.2024
    Hajmi472,07 Kb.
    #230223
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   131
    Bog'liq
    Apparat va dasturiy-www.hozir.org

    Videoadapterning BIOSi. Videoadapterlar tizimli BIOSga o‘xshagan o‘zlarining BIOSi ega, ammo undan butunlay mustaqildir. Agar monitorni tizimli blokdan avval ishga tushirsangiz, tizimni ishga tushishining boshida videoadapter BIOSining belgisini ko‘rish mumkin. Videoadapterning BIOSi tizimli BIOSga o‘xshab, DXQ mikro sxemasida saqlanadi. U o‘z tarkibida videoadapter qurilmasi bilan dasturiy ta’minot orasidagi interfeysni ta’minlovchi asosiy buyruqlarni saqlaydi. POST jarayoni bajarilayotgan vaqtda BIOS funksiyalariga murojaat qilinsa, monitor haqidagi axborotni chiqarib berish va diskdan har qanday boshqa dasturiy drayverlar yuklanguncha tizimni yuklash imkonini beradi.
    Grafik protsessor. Ba’zi vaqtda grafik akselerator yoki mikrosxemalar to‘plami deb ataladigan grafik protsessor adapterning tezligini va uning funksional imkoniyatlarini tavsiflaydi (7.2-rasm).
    Grafik protsessor videoadapterning eng asosiy qismi bo‘lib, ko‘pincha tashqaridan qaraganda videokartaning kuleri bilan to‘sib

    7.2-rasm. Grafik protsessor.
    qo‘yilgan bo‘ladi. Ko‘pincha grafik protsessor videokartaning eng katta va eng issiq komponenti hisoblanadi.
    Videoxotira. Ko‘pchilik videoadapterlar ishlov bergan tasvirlarni saqlash uchun o‘zl arining xotiralari bilan kifoya lanadi, vaholonki ba’zi bir AGP videokartalari uch o‘lcham li teksturalarni saqlash uchun tizimli tezkor xotiradan foydalana dilar. Asosan zamona viy grafik adapterlar hajmi 256 Mbaytdan ortiq bo‘lgan shaxsiy videoxotiralari bilan jihozlangan bo‘lib, tizimga AGP porti yoki PCI Express x16 interfeysi orqali ulanadi.
    Platada videoxotira 7.3-rasmda ko‘rsatilganidek grafik protsessor yonida joylashgan bo‘ladi. Videokartada xotira chiplari (odatda, ular ikkitadan sakkiztagacha bo‘ladi) ko‘pincha grafik protsessorning bir tarafida yoki atrofida joylashgan bo‘ladi. Ular kichkina qora to‘g‘ri to‘rtburchak yoki bir xil o‘lchamdagi kvadrat shaklida bo‘ladi.
    Zamonaviy videokartalar ko‘pincha 128, 256 yoki 512 Mbayt xotiraga ega, bunda DDR2 xotirasi ishlatilgandek, GDDR3 xotirasi ham ishlatiladi. Videokartaning xotira sig‘imi qancha katta bo‘lsa, shuncha grafik ma’lumotlarni mahalliy saqlash mumkin, ya’ni ularni olish uchun kompyuter xotirasiga murojaat qilishga o‘rin qolmaydi.
    Taktlash chastotasi, xotira hajmi va shina kengligi bilan farq qiluvchi ikkita videokarta orasidan xotira hajmi kichik va kengligi katta bo‘lgan shinali videokartani tanlash kerak.

    Download 472,07 Kb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   131




    Download 472,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi

    Download 472,07 Kb.