• 7.bob-Multimediya tizimi Reja: Video adapter interfeysi: PSI Express avtobus. Video adapterning qurilmasi va xususiyatlari.
  • Videoadapterlar.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi




    Download 472,07 Kb.
    bet51/131
    Sana13.05.2024
    Hajmi472,07 Kb.
    #230223
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   131
    Bog'liq
    Apparat va dasturiy-www.hozir.org

    Nazorat savollari
    1. Qattiq disk deb nimaga aytiladi? Uning funksional vazifasi qanday?


    2. Qattiq disk jamlagichi konstruksiyasining asosiy elementlarini sanab o‘ting.


    3. Qattiq disk ko‘rsatkichlaridan qaysi birlari umumiy ko‘rsatkichlarga, qaysilari ichki tashkiliy ko‘rsatkichlarga tegishli?


    4. Tezlik va unumdorlik ko‘rsatkichlarini tushuntiring.


    5. Qattiq disk jamlagichlarining ishlash tamoyillari nimalardan iborat?


    6. Formatlash turlari va ularga qisqacha ta’rif bering.


    7. Siz OTning qanday faylli tizimlarini bilasiz? Ularga qisqacha ta’rif bering.


    8. Partition Magic dasturining vazifasi. Bu dastur yordamida qanday operatsiyalar bajarish mumkin?


    9. IDE va SATA vinchesterlarini o‘rnatish jarayonini tushuntiring.


    10. Qattiq diskni sovitish tizimi, uning vazifasi va o‘rnatish usullari qanday?





    7.bob-Multimediya tizimi
    Reja:


    1. Video adapter interfeysi: PSI Express avtobus. Video adapterning qurilmasi va xususiyatlari.


    2. Videoadapterning BIOSi.


    3. Raqamli-analogli o‘zgartirgich


    Video adapter interfeysi: PSI Express avtobus. Video adapterning qurilmasi va xususiyatlari.



    Videoadapterlar. Videoadapter biz ekranda ko‘rayotgan tasvirlar ko‘rinishiga aylanuvchi signallarni uzatish orqali kompyuter bilan monitor orasidagi interfeysni ta’minlaydi. ShKning rivojla nish tarixi davomida muvaffaqiyat bilan bir necha standartlar ishlab chiqarilgan. Ularning har bir keyingi yaratilganiga nisbatan yuqori darajadagi tiniqlik va rang jilosini ta’minlar edi. Quyida videoadapterlarning standartlari keltirilgan.
    • MDA (Monochrome Display Adapter)


    • HGC (Hercules Graphics Card)


    • CGA (Color Graphics Adapter)


    • EGA (Enhanced Graphics Adapter)


    • VGA (Video Graphics Array)


    • SVGA (Super VGA)


    • XGA (eXtended Graphics Array)


    • UGA (Ultra Video Graphics Array)


    Bu standartlarning ko‘pchiligi avval IBM kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, so‘ngra boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan litsenziyalandi. Hozirgi vaqtda IBM yuqori sifatli monitorlarni ishlab chiqarish birinchiligini boshqa kompaniyalarga berib qo‘ydi, keltirilgan standartlarning ko‘pchiligi esa eskirgan standartlardir. VGA standarti bundan mustasno; har qanday videoadapter tomonidan qo‘llaniladigan bu abbreviatura bilan monitorning asosiy imkoniyatlari belgilanadi.


    Har qanday monitor uchun signalni uzatadigan manba kerak. Signallar monitorga kompyuterga o‘rnatilgan videoadapterdan uzatiladi. ENN yoki suyuq kristalli monitorlarning tizimli blokka ulanishining quyida keltirilgan uchta usuli mavjuddir:
    1. Kengaytirish platalari. Bu vaziyatda PCI-Express, AGP yoki PCI interfeysli alohida kengaytirish platalaridan foydalanish ko‘zda tutilyapti. Bunda yuqori tezlik, katta xotira hajmi hamda ko‘p sonli funksiyalarni qo‘llash ta’minlanadi.


    2. Tizimli plata ichiga joylashtirilgan grafik protsessor. Kengaytirish platalariga nisbatan tezligi past bo‘lgani bilan eskirgan yechimlarni qo‘llashi bilan ustun turadi.


    3. Grafik o‘zagi (yadro) ichiga joylashtirilgan mikrosxemalar to‘plami. Bu narxi bo‘yicha arzon turi bo‘lib, ularning tezligi juda past, ayniqsa tasvirlar bilan ishlaydigan ilovalarni ishga tushirganda bilinadi.


    PicoBTX, microATX, FlexATX, microBTX yoki Mini-ITX stand artidagi tizimli platalarni qo‘llagan kompyuterlar Intel, VIA Technology, SiS kompaniyalari ishlab chiqargan mikrosxemalar to‘plami ichiga joylashtirilgan grafik o‘zak (yadro) bilan jihozlangan. microATX standartidagi ba’zi bir tizimli platalar PCI-Express x16 yoki AGP videoadapterini o‘rnatishga yo‘l qo‘yadi.


    «Grafik adapter» atamasini «videoadapter» atamasi bilan almashtirsa bo‘ladi, chunki IBM kompaniyasi ishlab chiqargan MDA monoxrom adapterlaridan boshlab hamma videokartalar matnni aks etganidek, tasvirni ham aks etadi.
    Videoadapterning ish faoliyati uchun quyidagi komponentlar bo‘lishi kerak:
    • Video-BIOS;


    • grafik protsessor;


    • videoxotira;


    • raqamli-analogli o‘zgartirgich (DAC);


    • razyom; – videodrayver.





    Download 472,07 Kb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   131




    Download 472,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi

    Download 472,07 Kb.