|
Mavzu-Monitorlar. Monitorlarning turlari va tamoyillari. Monitorlarning asosiy xususiyatlari
|
bet | 54/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.org8.2.Mavzu-Monitorlar. Monitorlarning turlari va tamoyillari. Monitorlarning asosiy xususiyatlari.
Reja:
Kompyuterning axborotni aks etuvchi tizimi ikkita asosiy komponentlari
Monitorlarni ishlab chiqarishning asosiy variantlari
Zamonaviy monitorlarning turlari.
Kompyuterning axborotni aks etuvchi tizimi ikkita asosiy komponentlari
Hozirgi vaqtda kompyuter monitorlarining rivojlanishi eng yuqori cho‘qqini zabt etdiki, apparat ta’minotini sinchiklab o‘rga nish zamon talabi bo‘lib qoldi. Sekin ishlaydigan videoadapter hatto tezligi katta bo‘lgan kompyuterning ishini ham sekinlashtiradi. Monitor va videoadapterning noto‘g‘ri birikmasi nafaqat belgilang an masalani to‘laqonlik bilan bajarish imkonini bermaydi, balki foydalanuvchining ko‘rish qobiliyatining pasayishiga ham olib keladi.
Kompyuterning axborotni aks etuvchi tizimi ikkita asosiy komponentdan tashkil topgan.
Monitor (displey), odatda, suyuqkristalli ekran yoki elektronnurli trubkaning oldi paneli ko‘rinishida bo‘ladi, ammo keng formatli televizor ham, LCD va DLP texnologiyasidan foydalanuvchi plazmali panel va proektor ham bo‘lishi mumkin.
Videoadapter (grafik adapter yoki videokarta) ko‘pchilik tizimlarda tizimli plataning razyomlaridan biriga o‘rnatiladigan kengaytirish platasi ko‘rinishida bo‘ladi. Ba’zi bir tizimlarda u tizimli plata ichiga joylashtirilgan yoki uning mantiqiy tizimli mikrosxemalar to‘plamiga kiritilgan bo‘ladi, ammo bunday kompyuterlarni ham unumdorligi yuqori bo‘lgan AGP, PCI yoki PCI-Express videoadapterlari bilan jihozlash mumkin.
Odatda, monitor ikkita asosiy texnologiyadan biriga asoslanadi: suyuqkristalli displey LCD (Liquid Crystal Display) yoki elektron – nurli trubka CRT (Cathode-Ray Tube). Proektorlar LCD yoki DLP (Digital Light Processing – yorug‘likka raqamli ishlov berish) texnologiyasiga asoslanadi.
Hozirgi vaqtda ham matnli (matnli ish tartibida), ham grafik (grafik ish tartibida) axborotni aks etuvchi universal tipdagi displeylar ishlab chiqarilmoqda.
|
| |