|
Ovoz kartalarining turlari, ularning asosiy parametrlari
|
bet | 57/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgOvoz kartalarining turlari, ularning asosiy parametrlari
Tovush kartasi qanday xususiyatlarga ega bo‘lmasin, undan foydalanish akustik tizimsiz amalga oshmaydi. Eng sodda tovush
a) b)
6.4-rasm. Tovush kolonkalari SVEN SPS-210 (a) va SvEN SPS-320 (b).
kartasi, naushnik yoki bir juft kolonkani ulash mumkin bo‘lgan chiziqli chiqish razyomiga ega.
Tovush kolonkalari. Shaxsiy kompyuter g‘ilofidagi dinamik, raqamli mikrosxema chiqishiga ulanganligi sababli, musiqani eshittirish uchun tovush kartasi chiqishiga tashqi tovush kolonkalari ulanadi. Monitor ichiga joylashtirilgan tovush kolonkalari ham tashqi tovush kolonkalari toifasiga tegishlidir.
6.4-rasmda tovush kolonkasining 2 ta modeli ko‘rsatilgan. Xuddi shunday barcha kolonkalar atigi ikkita tartibga soluvchi (regulator) – tovush balandligi va tembr (yuqori chastotalarni boshqarish) bilan ta’minlangan. Ular naushnikni ulash uchun qo‘shimcha razyom qismi bilan ta’minlangan.
Bu kabi tovush kolonkalarining tuzilishi juda soddadir. Plastmassali g‘ilofda 2 ta dinamik kallaklar o‘rnatiladi, ularning biri quyi chastotali, ikkinchisi yuqori chastotali bo‘ladi. Kolonkalardan (faol kolonka) birining ichida 220 V tarmoqdan quvvat oluvchi kuchaytirgich mavjud. Passiv kolonka shu kuchaytirgich chiqishiga ulanadi. Kolonkalarning chastota diapazoni taxminan 100–15000 yoki 80–18000 Hz ni tashkil etadi.
Yanada yuqori sifatli tovush olish uchun, yuqori sifatli kolonkalar yoki Dolby Digital 5.1, tarkibida sabvufer va beshta kolonka – ikkita old tarafda, ikkita orqa tarafda va bitta markazda bo‘lgan hajmli tovush tizimini qo‘llovchi tovush kartasi zarur (6.5-rasm). Bunday tizimlar, odatda, tovush platasidagi Speaker-out/Subwoofer (kolonka/
6.5-rasm. Dolby Digital 5.1 hajmli tovushli akustik tizim.
6.6-rasm. Tovush kolonkalarini xonada joylashtirish sxemasi.
sabvuferga chiqish) yoki S/PDIF razyomlari yordamida kompyuterga ulanadi.
Oltita kolonkadan iborat tovushli majmuani qo‘llashda, ularning joylashuvi ham katta ahamiyatga ega. Kolonkalarning noto‘g‘ri joylashtirilishi DVD formatdagi videofilmlarni maxsus effektlar bilan ko‘rish imkonini bermaydi. 6.6-rasmda yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan tavsiya etilgan tovush kolonkalarini xonada joylashtirish sxemasi keltirilgan.
|
| |