|
Monitorlarni ishlab chiqarishning asosiy variantlarini ko‘rib chiqamiz
|
bet | 55/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgMonitorlarni ishlab chiqarishning asosiy variantlarini ko‘rib chiqamiz.
Raqamli monitorlar. Eng oddiy monoxromli monitor faqat oqqora tasvirni aks etish imkonini beradi. Raqamli RGB-monitorlar (Red-Green-Blue) ham monoxromli, ham rangli (16 xil rang turi bilan) ish tartibini qo‘llaydi.
Analogli monitorlar. Signallarni analogli uzatish kuchlanishning turli darajasi ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu chuqurlik daraj asi turli xil bo‘lgan ranglar jilosini shakllantirish imkonini beradi.
Multichastotali monitorlar. Videokarta qatorning gorizontal chastotasiga va kadrlar takrorlanishining vertikal chastotasiga tegishli bo‘lgan sinxronlantirish signalini shakllantiradi. Monitor bu qiymatlarni tanishi va unga muvofiq ish tartibiga o‘tishi kerak.
Suyuq kristalli displeylar (LCD). Ularning yaratilishi kompyuterlarning og‘irligini va o‘lchamini kamaytirish uchun olib borilgan ishlar bilan bog‘liq. Suyuq kristalli displeylarning asosiy kamchiligi tasvirlarni yoki sichqoncha ko‘rsatkichining harakatini tez o‘zgartirish imkonining yo‘qligidadir. Bunday ekranlar qo‘shimcha yorug‘lik tizimiga yoki tashqi yorug‘likka muhtojdirlar. Bu ekranning afzalliklari organizm uchun zararli bo‘lgan spektrlarning sezilarli darajada kamayganligidir.
Gazoplazmali monitorlar. Gazoplazmali monitorlarda LCDekranlarda bo‘lgan kamchiliklar mavjud emas, ammo elektr energiyani ko‘p iste’mol qiladi.
Sensorli ekranlar guruhini alohida ajratib ko‘rsatish kerak, chunki ular nafaqat ma’lumotlarni ekranga chiqarish, balki ularni kiritish imkonini beradi, ya’ni ular kiritish/chiqarish qurilmalari sinfiga mansubdir. Bu yangi texnologiya uncha keng tarqalmagan. Bunday ekranlar kompyuter bilan muloqatning eng oddiy va qisqa yo‘lini ta’minlaydi, chunki sizni qiziqtirgan narsani ko‘rsatishingiz yetarli bo‘ladi. Kiritish qurilmasi monitorning o‘ziga joylashtirilgan bo‘lib, ko‘pincha axborot-qidiruv tizimlarida qo‘llaniladi. Monitorlarning asosiy variantlari 7.1-rasmda: a) elektron nurli nay (ENN); b) suyuqkristalli, d) gazoplazmali ko‘rinishda tasvirlangan.
a) b) d)
7.1-rasm. Zamonaviy monitorlarning turlari.
Ofisda monitorning texnika xavfsizligini ish joyini ratsional tashkil qilish bilan ta’minlash mumkin.
Displeylarda nurlanish monitorning yon va orqa tomonida kuchli bo‘ladi. Shuning uchun ko‘rsatma bo‘yicha foydalanuvchining joyi boshqa foydalanuvchi monitorining orqa tarafida bo‘lishi tavsiya etilmaydi. Videomonitorlar orasidagi tavsiya etilayotgan masofa: orqa tomoniga 2 metrdan va yon tomoniga 1,2 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Shaxsiy kompyuterlar joylashgan xona yetarli darajada keng bo‘lishi va havosi har doim yangilanib turilishi lozim. Bitta displey uchun joylashish maydonining minimal sanitar me’yori 6 m2 ni tashkil qiladi.
|
| |