|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|
bet | 63/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgWeb-kamerani o‘rnatish va ulash. Web-kamera Internet tarmog‘iga 10BaseT/100BaseTX/1000BaseTX Ethernet porti orqali yoki modem yordamida ketma-ket port orqali ulanadi. Tarmoqqa jismoniy ulangandan so‘ng Web-kameraga IP-manzil beriladi. Web-kameraga IP-manzil so‘rovsiz berilmaydi, u standart web-brauzerning mos funksiyasi yordamida yoki web-kameraning seriyali raqamidan identifikatsiyalash uchun foydalanadigan DOS buyrug‘i yordamida o‘rnatiladi. Web-server, FTP-server, FTP-mijoz, e-mail mijozi uchun joylashtirilgan dasturiy ta’minot tufayli web-kamera bevosita LAN/ WAN/Internet tarmog‘iga ulanadi va unda mustaqil tarmoq qurilmasi kabi ishlaydi. Bu xususiyat web-kamerani shaxsiy kompyuterga albatta USB yoki LPT port orqali ulanishni talab qiladigan oddiy kompyuter kamerasidan farqlaydi.
Ko‘p ishlab chiqaruvchilar Web-kamerani xona ichiga yoki ko‘chaga o‘rnatish uchun kamera g‘ilofining konstruksiyasiga maxsus mus tahkamlagichni o‘rnatadilar. Bu mustahkamlagichdan Webkamerani devorga, shiftga va buriladigan qurilmalarga o‘rnatish uchun foydalaniladi. Ayrim internet-kameralarda gorizontal yoki vertikal yuzalarda montaj qilish uchun joylashtirilgan buriladigan qurilmalar mavjud.
Web-kameraning tuzilishi va ishlash tamoyili. Zamonaviy webkamera videotasvirni kompyuter tarmog‘i bo‘yicha videosuratga olishni, ra qamlashtirishni, siqish va uzatishni amalga oshiruvchi raqamli qurilmadir. Shuning uchun web-kamera tarkibiga quyidagi komponentlar kiradi:
PZS-matritsa (ZAA, CCD-zaryadli aloqali asbob) – o‘ziga tusha yotgan yoruqlikni elektr signalga o‘zgartiruvchi, tomonlar nisbati 3:4 bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi yorug‘likni sezadigan yarimo‘tkazgichli plastina.
Obyektiv – bu kuzatilayotgan obyekt tasvirini web-kameraning yorug‘likni sezadigan elementiga proeksiyalash uchun mo‘ljallangan linza tizimidir.
web-kameraga o‘rnatiladigan optik infraqizil filtrlar, optik aniq bo‘lgan yassi parallel plastinalar ko‘rinishida bo‘ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|