|
ENN-monitorlarni ulash uchun interfeyslar
|
bet | 65/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgENN-monitorlarni ulash uchun interfeyslar. Ko‘pgina ENNmo nitorlar an’anaviy 15 kontaktli VGA portlariga ulash uchun mo‘l jallangan, shunga qaramasdan ularning ba’zi bir professional modellari BNC ga ulanishni qo‘llaydilar. Ba’zi bir monitorlarning eski modellari ham DVI porti bilan jihozlagan.
Bir vaqtning o‘zida bir necha monitorlarni ulash.
Ko‘pgina videokartalarda bir necha (ikkita) chiqish portlari mavjud, shuning uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta displeydan foydalanish imkonini beradi. Macintosh tizimlarida bunday imkoniyat bir necha yil oldin ko‘zda tutilgan edi.
\Endi bu imkoniyat Windows 98/2000/XP/Vista operatsion tizimlarida mavjuddir. Windows 98 operatsion tizimi bir vaqtning o‘zida har biri turli ko‘rinishdagi ishchi stolni ifoda qiladigan to‘qqiztagacha (Windows 2000/XP da o‘ntagacha) monitor va videoadapterlardan foydalanish imkonini beradi. Windows Vista operatsion tizimida bir necha monitorni qo‘llash ish tartibi Windows XP operatsion tizimidan farq qiladi. Bu yerda hammasi qo‘llanilayotgan WDDM monitor drayveriga bog‘liqdir. Bir necha monitorni qo‘llash vaqtidagi sozlashda operatsion tizim videoxotirada virtual ishchi stolni (displeyni) yaratadi (7.7-rasm).
Virtual ishchi stolning turli qismlarini aks ettirish uchun bir necha monitorlardan foydalaniladi, bunda turli ilovalarning muloqat oynasi alohida monitorlarda joylashtiriladi.
7.7-rasm. Bitta dasturni bir necha monitorning ekranida aks ettirish uchun mo‘ljallangan Matrox DualHead2Go qurilmasidan foydalanish.
a) b)
7.8-rasm. Videoadapterni o‘rnatish (a), adapterni mahkamlash (b).
7.8-rasmda tizimli plata razyomiga videoadapterni o‘rnatish (a) va uni vint bilan mahkamlash (b) ko‘rsatilgan.
Videoadapterni sovitish tizimi
150 W quvvatli lampochka energiyani qancha iste’mol qilsa, videoadapterlar ham shuncha energiya iste’mol qiladi (ham issiqlik ajaratadi). Bitta kremniy chipi yuzasidan ajralayotgan bunday issiqlik miqdori osongina kristalni kuydirishi mumkin. Shuning uchun issiqlikni o‘z vaqtida barqaror va kuchli kulerlar yordamida tarqatish kerak. Grafik protsessor yoki xotira sovitish tizimisiz qizib ketishi mumkin, bu o‘z navbatida kompyuterning «osilib qolishiga» yoki videokartaning ishdan chiqishiga olib keladi.
Sovitish issiqlik o‘tkazuvchan materiallar va radiatorlar yordamida passiv amalga oshirish mumkin bo‘lganidek, agar ventilator ishlab tursa, faol amalga oshiriladi. Ammo ventilator ishlaganda shovqin darajasi katta bo‘ladi.
R adiatorlar. «Radiator» (heatsink) so‘zi ostida passiv sovitish tushuniladi. Radiator issiqlikni tarqatish va havo bilan issiqlik almashuv maydonini kattalashtirish hisobiga, o‘zi ulangan chipning haroratini pasaytiradi. Bu maqsadga erishish uchun radiatorlar, odatda, qovurg‘adan foydalanadi. Ular grafik protsessorlarda hamda xotira chiplarida o‘rnatiladi (7.9-rasm). 7.9-rasm. Radiator.
7.10-rasm. Issiqlik naychalari. 7.11-rasm. Videoadapter kuler bilan.
|
| |