|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|
bet | 62/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgNazorat savollari
«Tovush adapteri» tushunchasiga ta’rif bering.
Tovush adapterining asosiy ko‘rsatkichlari qaysilar?
Tovush adapterining asosiy razyomlari va ularning vazifalari.
Tovush adapterining ichki komponentlarini sanab o‘ting va qisqa ta’rif bering.
Akustik tizimlar tarkibiga nimalar kiradi?
Tovush kartasini o‘rnatish bosqichlarini sanab o‘ting.
Mikrofon va naushniklarning vazifalarini tushuntiring.
8.4.Mavzu- Multimediya proektorlari turla-ri. Proektorlarni o‘rnatish va sozlash.
Reja:
Proektorlar._Axborot_chiqarishni_tashkil_qilish___Web-kameraning_tarmoqda_ishlashi.___Axborot_chiqarishni_tashkil_qilish'>Proektorlar. Axborot chiqarishni tashkil qilish
Web-kameraning tarmoqda ishlashi.
Axborot chiqarishni tashkil qilish
Axborot chiqarishni tashkil qilish va vizual aks ettirish uchun shaxsiy kompyuterning displeyi bilan bir qatorda proeksiyalash texnikasi keng qo‘llaniladi.
Proektorlar. Multimedia-proektor kompyuter, videomagnitofon, videokamera, fotokamera kabi turli xil signal manbalaridan olingan axborotni katta ekranda aks ettirish imkonini beradi.
7.12-rasm. Proektorlarning turlari.
Multimedia-proektorning asosiy tavsiflaridan biri uning yorqinligi yoki yorug‘lik oqimidir. Berilgan yorug‘likda va ekran materialining sifatida yorug‘lik oqimi qancha quvvatli bo‘lsa, tasvirning o‘lchamini shuncha katta olish mumkin. Yorug‘lik oqimi (ANSI-lyumenda o‘lchanadi) proektorning konstruksiyasiga, LCD – panelning sifatiga, quvvatiga va lampaning tipiga bog‘liq.
LCD-panelning yoki DMD-chipning ruxsat berish xususiya ti ham proektorni tanlashga ta’sir ko‘rsatadigan muhim ko‘rsatkichl ardan biri. Ko‘pchilik panellar va chiplar kompyuterlar uchun qabul qilingan 640×480 (VGA), 800×600 (SVGA), 1024×768 (XGA), 1280×1024 (SXGA) kabi standart ruxsat berish xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqariladi. Oxirgi vaqtlarda asosan videotasvirlarni ko‘rish uchun mo‘ljallangan, ruxsat berish xususiyati 1366×768 bo‘lgan Wide XGA standartining LCD-panelli multimedia-proektorlari yaratildi.
Ularning vujudga kelishi ekran tomonlarining nisbati an’anaviy bo‘lgan 4:3 o‘rniga tomonlar nisbati 16:9 bo‘lgan «keng» ekranlarning ommabopligi bilan belgilandi.
Web-kameralar. Web-kamera – bu videokamera, kompressiyalash protsessori va joylashtirilgan web-serverdan tashkil topgan raqamli qurilmadir. Web-kamera videokuzatuvni tashkil qilish va LAN/WAN/Internet tarmoqlari bo‘yicha videotasvirni uzatish uchun mo‘ljallangan (7.13-rasm).
7.13-rasm. Web-kameralarning turlari.
Masofaviy Web-kameralar
UY
7.14-rasm. Web-kameraning tarmoqda ishlashi.
Web-kamera tarmoqda ishlashi uchun maxsus qurilma va shaxsiy kompyuter talab qilinmaydi.
Sozlash ko‘rsatkichlariga qarab, Web-kameraga videotasvirl ardan foydalanish imkoni tarmoqning hamma foydalanuvchilariga yoki faqat mualliflashgan foydalanuvchilarga ochiq bo‘lishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|