Kanallar soni bo‘yicha quyidagi turlari mavjud:
stereofonik – signallar har bir radiokarnayga alohida kanal bo‘yicha uzatiladi (eng ko‘p tarqalgan turi);
monofonik – umumiy signalga ega bo‘lgan ikkita radiokarnayga ega;
qo‘shimcha kanalli – har bir quloq uchun bittadan ko‘p radiokarnay mo‘ljallangan, bu o‘z o‘rnida kanallarni chastota ko‘rsatkichlari bo‘yicha bo‘lish imkonini beradi.
Tuzilishi bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:
quloq ichiga qo‘yiladigan – quloq chig‘anog‘iga joylashtiriladigan;
ichki kanalli – quloq kanaliga joylashtiriladigan;
qoplamali – quloqni qoplaydigan;
to‘liq o‘lchamli yoki monitorli – quloq ustini butunlay qoplaydigan.
Naushniklarning asosiy texnik tavsiflari quyidagilar:
chastotali diapazonlar – chastotali ko‘rsatkichlarning o‘rtacha qiymati 18–20 000 Hz;
sezgirligi – tovushning balandligiga ta’sir ko‘rsatadi, odatda,
100 dB dan kam bo‘lmaydi;
qarshiligi;
maksimal quvvati.
Internet orqali suhbatlashish uchun ovozli kanal dasturini qo‘llaganda, tovush kartasiga ulangan turli xil mikrofonlardan foydalaniladi. Foydalanuvchilar orasida tarkibiga mikrofon o‘rnatilgan naushniklar keng qo‘llaniladi (6.8-rasm).
6.3. Tovush platasini o‘rnatish
Tovush platasini o‘rnatishdan oldin, tizimli blokni ochish kerak bo‘ladi.
Barcha zamonaviy tovush platalari Plug and Play standartini qo‘llovchi PCI formatli platalarda ishlab chiqariladi. ISA platalariga qaraganda zamonaviy PCI platalari apparat resurslarini kamroq talab etadi, markaziy protsessorga kamroq yuklama bilan ta’sir o‘tkazadi hamda zamonaviy hajmli tovushning API interfeysini ham qo‘llaydi. Bu interfeys zamonaviy kompyuter o‘yinlarining barchasida keng qo‘llaniladi.
|