|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|
bet | 46/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgFayl tizimlarini solishtirish. FAT 16 fayl tizimi kichik sig‘imdagi disklar uchun optimal bo‘lib qolmoqda. U eng tez bo‘lgani uchun, unga o‘lchami mos keladigan disklarda bo‘sh qolgan klasterlar hisobiga maydon yo‘qotishlardan voz kechish imkoni bo‘lsa, ishlatilishi mumkin. Shuningdek, bu tizimdan turli xil operatsion tizimlar foydalanayotgan disklarda qo‘llashga to‘g‘ri keladi, masalan, ko‘p tizimli kompyuterlarda.
Katta o‘lchamli disklar uchun FAT32 yoki NTFS tizimlari qo‘llaniladi, bunda tanlash muammosi birinchi darajada turmaydi. Windows 95/98/Me oilasi operatsion tizimlari faqat FAT32 ni qo‘llaydi. Windows NT/2000/XR oilasi uchun ko‘plab operatsion tizimlar vositalari foydalanish uchun optimallashgan NTFS tizimi «qadrdon» hisoblanadi. Bu holda FAT32 tizimini qo‘llanilishi moslashuvchanlik talablari bilan belgilanadi.
«Issiqxona» sharoitlarida NTFS fayl tizimi yanada samaralidir. Birinchidan, NTFS tizimida fayl operatsiyalarining ishonchliligi yuqoridir. Diskga yozish tizimi shunday tashkil qilinganki, fayl tizimida mantiqiy xatolarning vujudga kelishi mustasno. Tizim hatto to‘satdan elektr manbayi o‘chib qolganida ham kelishmovchilikdan kafolatlangan. Bunda oxirigacha olib borilmagan har qanday operatsiyani «yurgizish» imkonini beruvchi, tranzaksiyalar mexanizmidan ifoydalanish yo‘li bilan erishiladi. Ikkinchidan, NTFS fayl tizimi katta o‘lchamdagi kataloglar va katta ma’lumotlar hajmi bilan samarali ishlaydi. Aksincha, kichik hajmdagi disklar bilan ishlash samaradorligi katta emas. Bunda tezkor xotiraga bo‘lgan talablar juda katta: agar kompyuter xotirasi hajmi 128 Mbaytdan oshmasa, NTFS afzalliklaridan to‘liq hajmda foydalanib bo‘lmaydi.
FAT32 va NTFS fayl tizimlarida fayllarni fragmentatsiyalashning ta’siri nihoyatda jiddiy. Fragmentatsiyalash bilan belgilangan unumdorlikning pasayishi, FAT16 tizimiga qaraganda yuqori, garchi bu avva lambor, ma’lumotlar hajmining o‘sishi bilan bog‘liq. Ayniqsa, qismlash muammosi NTFS tizimidan foydalanganda vujudga keladi. Kataloglarga disk maydonining kattagina hajmi ajratilganligi uchun, kataloglarni ham qismlash mumkin. Garchi NTFS tizimi qismlangan ma’lumotlar bilan deyarli qo‘shimcha xarajatlarsiz uddalagan bo‘lsa ham, qattiq disk o‘qish/yozish moslamasi holatiga o‘tish bo‘yicha mexanik operatsiyalar bari bir ma’lumotlardan foydalanish tezligini kamaytiradi.
Windows NT/2000/XP oilasi operatsion tizimlari tarkibiga kiritilgan standart defragmetatsiyalash algoritmi optimal emas.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|