• FAT asosidagi tizimda fayl ma’lumotlariga kirish.
  • FAT (File Allocation Table – fayllar joylashtirish jadvali); FAT32




    Download 472,07 Kb.
    bet44/131
    Sana13.05.2024
    Hajmi472,07 Kb.
    #230223
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   131
    Bog'liq
    Apparat va dasturiy-www.hozir.org

    FAT (File Allocation Table – fayllar joylashtirish jadvali);


  • FAT32 (File Allocation Table, 32 bit – 32 razryadli fayllar joylashtirish jadvali);


  • NTFS (Windows NT File System – Windows NT fayllar tizimi).


    FaT16 fayl tizimi. Bu MS-DOS operatsion tizimidan meros bo‘lib qolgan eng dastlabki fayl tizimidir. Unda har bir faylga mos holda klaster zanjiri qo‘yilgan. Disk maxsus FAT (File Allocation Table – fayllar joylashuvi jadvali) jadvaliga ega, unda har bir klasterga 16 bit maydon ajratilgan. Bu maydon keyingi fayl klasteriga ko‘rsatmani o‘z ichiga oladi. Maxsus belgilar klaster bo‘shligi, yoki yuzasi nuqsonlar tufayli ishlatishga yaroqsiz, yoki faylning so‘ngi klasteri hisoblanishini ko‘rsatishga imkon beradi. Katalogda har bir fayl uchun uning birinchi klaster raqami va faylning so‘nggi klasterida band bo‘lgan maydon hajmi ko‘rsatiladi. Shuning o‘zi fayl to‘liq o‘qilishi uchun yetarli bo‘ladi (3.6rasm).

    3.6-rasm. FAT asosidagi tizimda fayl ma’lumotlariga kirish.
    FAT16 tizimi – eng ixcham (minimum xizmat axboroti) va tez tizim. Shuningdek, uning ulug‘ yoshi maksimal universallikni kafolatlaydi; FAT16 uchun belgi qo‘yib chiqilgan qattiq diskni nafaqat MS-DOS yoki Windowsda, balki ko‘pchilik boshqa operatsion tizimlarda ham o‘qish mumkin. Xuddi shunday ommaboplikka boshqa hech qaysi fayl tizimlari ega emas. FAT16 fayl tizimi jiddiy kamchiliklar sababli qo‘llanilmaydi.
    Birinchidan, klasterlarning umumiy soni 65 536 (216) dan oshishi mumkin emas. Bu diskning maksimal hajmini va unda joylashgan fayllarning eng so‘ngi sonini cheklaydi. FAT16 fayl tizimi klasterning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan o‘lchamining kattalashishi yo‘li bilan rivojlandi va oxirgi versiyada 32 Kbaytgacha (Windows NT/2000/XP da 64 Kbaytgacha) hajmga ega bo‘lgan edi. Bunda mantiqiy diskning maksimal hajmi 2 (yoki 4) Gbayt dan oshishi mumkin emas, bu esa zamonaviy tizimlar uchun juda kamlik qiladi.
    Bundan tashqari, klasterlar faqat butunligicha ishlatiladi. To‘lmagan «klaster qoldig‘i»ni fayl tugagandan so‘ng ishlatib bo‘lmaydi – bu maydon bo‘sh qoladi. O‘rtacha yo‘qotishlar qiymati har bir fayldagi klaster hajmining yarmini, har bir kompyuterda ko‘p bo‘lgan mayda fayllar uchun esa yanada ko‘proq qiymatni tashkil etadi. 1–2 Gbayt hajmli disklar uchun befoyda yo‘qotishlar umumiy hajmning 20–40 foizini tashkil qiladi. Mana shu sabablarga ko‘ra FAT16 fayl tizimi faqat 500 Mbaytdan kichikroq hajmli disklar uchun optimal variant bo‘lib qolmoqda.

    Download 472,07 Kb.
  • 1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   131




    Download 472,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    FAT (File Allocation Table – fayllar joylashtirish jadvali); FAT32

    Download 472,07 Kb.