|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|
bet | 42/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgQuyi darajali formatlash. Quyi darajali formatlash jarayonida diskning yo‘laklari sektorlarga bo‘linadi. Bunda sektorlar sarlavhasi va natijasi (prefikslar va suffikslar) yoziladi, shuningdek, yo‘laklar va sektorlar orasidagi intervallar shakllanadi. Har bir sektorning ma’lumotlar sohasi soxta qiymatlar bilan yoki maxsus ma’lumotlarning test to‘plami bilan to‘ldiriladi. Qattiq diskning yo‘laklaridagi sektorlar soni kontroller va jamlagich interfeysiga bog‘liq bo‘ladi.
IDE va SCSI jamlagichlarining deyarli barchasida zonali yozish deb ataladigan yo‘laklardagi o‘zgaruvchi sonli sektorlar ishlatiladi. Markazdan uzoqda joylashgan, ya’ni nisbatan uzun bo‘lgan yo‘lakl ar markazga yaqin joylashgan yo‘lakka qaraganda ko‘p sonli sektorlarni o‘z ichiga oladi. Qattiq disk sig‘imini oshirish usullaridan biri – ichki silindrlar bilan solishtirganda tashqi silindrlarni ko‘p sonli sektorlarga bo‘lishdir. Nazariy jihatdan tashqi silindrlar ko‘p ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin, negaki katta aylana uzunligiga ega (3.4-rasm).
Ma’lumotlarni standart yozishda tashqi yo‘laklar maydoni nihoyatda samarasiz ishlatiladi, negaki sezilarli darajada katta maydon bilan farqlanadigan bu yo‘laklar ichki yo‘laklar kabi xuddi shu ma’lumotlar miqdorini o‘z ichiga oladi. Past darajali formatlashda qattiq disk sig‘imini oshirish usullaridan biri diskning ichki silindrlariga qaraganda diskning tashqi silindrlarida ko‘p miqdordagi sektorlar soni yaratilishidan iborat.
T ashqi zona Ichki zona
Sektor
3.4-rasm. Barcha 3.5-rasm. Zonali yozish:
yo‘laklaridagi sektorlar yo‘laklardagi sektorlar soni soni bir xil bo‘lgan diskning markazidan ko‘chishi standart yozish. darajasida o‘zgaradi.
Zonali yozish usulini qo‘llamaydigan jamlagichlarda, tashqi silindrlarning yo‘laklari uzunligi ichki silindrlarga qaraganda ikki baravar uzun bo‘lishiga qaramay, har bir silindrda bir xil miqdorda ma’lumotlar saqlanadi. Bu xotira qurilmasi sig‘imining noratsional ishlatilishiga olib keladi.
Zonali yozishda silindrlar zonalar deb ataladigan guruhlarga bo‘linadi. Diskning tashqi chekkaga yaqinlashishiga qarab yo‘laklar ko‘p sonli sektorlarga bo‘linadi. Bitta zonaga tegishli barcha silindrlarda yo‘laklardagi sektorlar soni bir xildir. Zonalar soni jamlagich turiga bog‘liq. Ko‘pchilik qurilmalarda ular 10 va undan ortiq bo‘ladi (3.5-rasm).
Tarkibida joylashtirilgan disk kontrollerlari mavjud bo‘lgan SCSI va ATA jamlagichlari turli xil sektorlar soniga ega yo‘laklarni formatlash imkonini beradi. Bu tipdagi jamlagichlarga joylashtiriladigan kontrollerlar zonali yozish algoritmini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa jismoniy silindr, o‘qish/yozish moslamalari va sektorlarni ularga mos holdagi mantiqiy silindr, o‘qish/yozish moslamalari va sektorlar soniga o‘zgartirishga imkon beradi. Natijada jamlagichda bir xil sektorlar soniga ega bo‘lgan yo‘laklar yaratiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|