• Yuqori darajali formatlash.
  • Diskda bo‘limlarni tashkil qilish




    Download 472,07 Kb.
    bet43/131
    Sana13.05.2024
    Hajmi472,07 Kb.
    #230223
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   131
    Bog'liq
    Apparat va dasturiy-www.hozir.org

    Diskda bo‘limlarni tashkil qilish. Qattiq diskda yaratilgan bo‘lim lar turli xil fayl tizimlarining quvvatlanishini ta’minlaydi, ulardan har biri diskning ma’lum bo‘limida joylashadi.
    Har bir fayl tizimida klasterlar yoki xotiraning yagona bloklari deb ataladigan, mantiqiy element bo‘yicha fayl egallaydigan maydonni taqsimlashga imkon beradigan aniq bir usuldan foydalaniladi. Qattiq diskda bo‘limlar soni bittadan to‘rttagacha bo‘lishi mumkin, ulardan har biri bir yoki bir necha tipdagi fayl tizimlarini quvvatlaydi.
    Bo‘limlar yaratilgandan so‘ng operatsion tizim vositalari yordamida yuqori darajali formatlashni bajarish kerak.
    Yuqori darajali formatlash. Yuqori darajali formatlashda operatsion tizim ma’lumotlar va fayllar bilan ishlash uchun strukturani yaratadi. Har bir bo‘limga (mantiqiy disk) tomning yuklash sektori (Volume Boot Sector – VBS), fayllar joylashuvi jadvalining ikki nusxasi (FAT) va o‘zak katalog (Root Directory) kiritiladi. Bu ma’lumotlar strukturasi yordamida operatsion tizim disk maydonini taqsimlaydi, fayllar joylashuvini kuzatadi va diskdagi nosoz joylarni aylanib o‘tadi.
    Yuqori darajali formatlash – bu formatlash emas, balki fayllar joylashuvining jadvali va disk mundarijasining yaratilishidir. Haqiqiy formatlash – bu quyi darajali formatlash, bunda disk yo‘lak va sektorlarga bo‘linadi. Qattiq diskning quyi darajali formatlashni bajarish uchun disk ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etiladigan maxsus dastur kerak.

    Windows oilasi operatsion tizimlarining fayl tizimlari

    Kompyuterda ishlayotganda biz silindr, o‘qish/yozish moslamasi va sektorlar bilan emas, balki fayllar bilan ishlaymiz. Diskdagi ma’lumotlarga fayllar kabi murojaat qilishni qattiq diskning fayl tizimi vositasi yordamida operatsion tizim ta’minlaydi. Fayl tizimi diskda ma’lumotlar saqlanadigan disk sektorlari va fayl nomlari orasida moslikni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha xizmat axborotlarini saqlashga asoslangan.


    Odatda, fayl tizimlari sektorlarga emas, balki klasterlarga asoslanadi. Klaster – bu bo‘linmas manzillash birligini vujudga keltiruvchi sektorlar guruhidir. «Klaster» tushunchasi mantiqiy tushuncha hisoblanadi. Aniq bir qattiq disk uchun klaster o‘lchami uning jismoniy qurilmasidan emas, balki boshqa omillar, shuningdek, foydalanuvchi xohishiga ko‘ra ham aniqlanadi.
    Windows oilasidagi operatsion tizimlarda 3 xil fayl tizimlari qo‘llaniladi: FAT16, FAT32 va NTFS.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   131




    Download 472,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Diskda bo‘limlarni tashkil qilish

    Download 472,07 Kb.