|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|
bet | 40/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgBu sahifa navigatsiya:
- No-ID
Yo‘laklar va sektorlar. Yo‘lak – bu diskning bitta tarafidagi bir «halqa» ma’lumotlardir. Diskdagi yozish yo‘lagi axborot saqlash birligi sifatida foydalanish uchun juda kattadir. Shuning uchun diskdagi yo‘laklar sektor deb ataladigan, raqamlangan bo‘laklarga bo‘linadi.
Sektorlar soni yo‘laklar zichligiga va jamlagich turiga bog‘liq. Masalan, egiluvchan disklar yo‘laklari 8 tadan 36 tagacha sektorlarni, qattiq disk yo‘laklari esa – 380 tadan 700 tagacha sektorni o‘z ichiga olishi mumkin. Formatlashning standart dasturlari yordamida yaratilgan sektorlar 512 bayt sig‘imga ega.
Yo‘laklardagi sektorlarning raqamlanishi noldan boshlanadigan silindr va o‘qish/yozish moslamalaridan farqli ravishda birdan boshlanadi. Masalan, 3,5 dyuym (1,44 Mbayt sig‘imli) formatli HD (High Density) disketa 0 dan 79 gacha raqamlangan 80 ta silindrdan tashkil topgan, diskyurituvchida ikkita o‘qish/yozish moslamasi o‘rnatilgan (0 va 1 raqamlari bilan) va silindrning har bir yo‘lagi 18 ta sektorga bo‘lingan (1–18).
Disk formatlanganda har bir sektorning boshi va oxirida ularning raqamlarini, shuningdek, xizmatchi axborotni yozish uchun qo‘ shimcha soha yaratiladi, shunga muvofiq kontroller sektor boshi va oxirini identifikatsiyalaydi. Bu formatlangan va formatlanmagan disk sig‘imini ajratishga imkon beradi. Disk sig‘imi formatlangandan so‘ng kamayadi, chunki jamlagichning ravon ishlashi uchun diskdagi bir qancha maydon xizmatchi axborot uchun zaxiralangan bo‘lishi kerak.
Har bir sektorning boshida uning sarlavhasi (prefiks – prefix portion) yoziladi, bu sarlavha orqali sektor boshi va tartib raqami aniqlanadi, oxirida esa ma’lumotlarning butunligini tekshirishda foydalaniladigan tekshiruv (nazorat) yig‘indisi joylashgan natija (suffiks – suffix portion) yoziladi. Ko‘pchilik yangi diskyurituvchilarda sarlavha o‘rniga o‘ziga katta hajmdagi ma’lumotlarni sig‘diruvchi No-ID deb ataluvchi yozuv ishlatiladi.
Ko‘rsatilgan xizmatchi axborot sohalaridan tashqari har bir sektor 512 bayt sig‘imli ma’lumotlar sohasini o‘z ichiga oladi. Quyi darajali (jismoniy) formatlashda hamma ma’lumotlar baytiga ba’zi qiymatlar beriladi, masalan, F6h. Jamlagichlarning elektron sxemalari ba’zi shablonlarni kodlash va dekodlanishini katta qiyinchilik bilan amalga oshiradi, chunki bu shablonlar faqat ishlab chiqaruvchi tomo nidan dastlabki formatlash jarayonida bajariladigan disk yurituv chini testlashda ishlatiladi. Maxsus test shablonlarini qo‘llash ma’lumotlarning oddiy shabloni yordamida topilmaydigan xatolarni aniqlashga imkon beradi.
Diskdagi sohalar diskni formatlash vaqtida vujudga keladi. Xuddi shu vaqtning o‘zida ularga xizmatchi axborot ham yoziladi. Diskni formatlash vaqtida har bir sektorning ma’lumotlar sohasi soxta qiymatlar bilan to‘ldiriladi. Disk formatlangandan so‘ng ma’lumotlar sohasiga oddiy yo‘l bilan axborotni yozish mumkin. Sektor sarlavhasi va natijasi tarkibidagi axborotlar oddiy ma’lumotlar yozish operatsiyasida o‘zgarmaydi. Uni faqat diskni qayta formatlash yo‘li bilan o‘zgartirish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|